Koreys tilida 40 ta harf mavjud. Bulardan 10 tasi Unli 19 tasi Undosh Harflardir.
Tik Unlilar:
ㅣ ㅏ ㅑ ㅓ ㅕ I A Ya O Yo
Yotiq Unlilar:
ㅡ ㅗ ㅛ ㅜ ㅠ Ы O’ Yo’ U Yu
So’z tuzishda bo’g’in bosh harifi unli bo’lganda.
Tik unlilar oldidan “ㅇ” harfi qo’yiladi.
이 아 야 어 여 Yotiq unlilar tepasiga “ㅇ” harfi qo’yiladi.
으 오 요 우 유 3-Mavzu: Undosh Harflar
Koreys tilida 19 ta undosh harflar mavjud!
ㄱ ㄲ ㄴ ㄷ ㄸ ㄹ ㅁ ㅂ ㅃ ㅅ ㅆ ㅇ ㅈ ㅉ ㅊ ㅋ ㅌ ㅍ ㅎ ㄱ “k, g” - Bo’g’inning bosh harfi va oxirgi harfida “k” harifi eshtiladi, Bo’g’in o’rtasida yoki ikkita unlini o’rtasida kelsa “g” bo’lib eshtiladi.
ㄷ “d, t” – Bo’g’in boshida va oxirida “t”, Bo’g’in o’rtasida va ikki unli o’rtasida “d”
ㄹ “r, l” – Bo’g’in boshida va o’rtasida ya’ni ikki unli o’rtasida “r”, bo’g’in oxirida yoki ikkilanb kelganda “l” harf eshtiladi.
ㅂ “b, p” – Bo’g’in boshida “p” tovushini beradi, bo’g’in oxirida va ikki unli o’rtasida “b” tovushini beradi. Agar nharfidan oldin kelsa m tovushini beradi.
ㅅ “s, t” –Bo’g’in boshida va ikki unli o’rtasida kelsa “s”, bo’g’in oxirida kelsa “t” tovushini beradi. Agar I harfidan oldin kelsa sh tovushini beradi.
ㅇ “ng” – Ikki unli o’rtasida kelganda bu harf o’qilmaydi. Faqat oxirida kelganda ng tovushini beradi.
ㅈ “j, ch” – Bo’g’in boshida “ch”, Ikki unli o’rtasida kelsa “j” tovushini beradi. Bo’g’in oxirida kelsa “t” tovushini beradi.
ㅊ “ch, t” – Bo’g’in boshida va ikki unli o’rtasida kelsa “ch”, Bo’g’in oxirida kelsa “t” tovushini beradi.
ㅋ “kx” – Har doim bir hil tovushda keladi.
ㅌ “tx” – Har doim “tx, t” tovushini beradi. Agar I harfidan oldin kelsa “ch” tovushini beradi.