15. Byudjet taqchilligini bartaraf qilishga erishish uchun: a) davlatning daromadlari uning xarajatlariga teng bo‘lishi kerak;
b) yalpi taklif, yalpi talabga teng bo‘lishi kerak;
c) pulni taklif qilish sur’atlari bilan inflyatsiyaning o‘sish sur’atlri mos kelishi kerak;
d) investitsiya hajmi iste’molning hajmidan yuqori bo‘lishi kerak;
e) mavjud iqtisodiy resurslar to‘liq band qilingan bo‘lishi kerak.
16. Davlat byudjetining taqchilligi nima? a) pul emissiyasi;
b) muomalada pulning yetishmasligi;
c) soliq darajasining yuqoriligi;
d) xarajatlarning daromadga nisbatan ko‘pligi;
e) yuqoridagilarning barchasi.
17. Davlat sarflari va soliqlar bilan bog‘liq bo‘lgan siyosat qanday nomlanadi? a) pulning hajmiga asoslangan siyosat;
b) monetar siyosat;
c) fiskal siyosat;
d) daromadlarni taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan siyosat;
e) iqtisodiy siyosat.
18. Moliya bozori obyekti nima? a) aksiya;
b) pul;
c) veksel;
d) pul va qimmatli qog‘ozlar
e) chek.
19. Makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning asosiy yo‘nalishdan qaysisi bevosita «sog‘lom» byudjetni shakllantirishga qaratilgan? a) davlat byudjeti kamomadini yo‘l qo‘yilgan eng kam darajada cheklashga qaratilgan qat’iy moliyaviy siyosatni o‘tkazish;
b) soliq siyosatini takomillashtirish;
c) davlat byudjeti daromadining katta qismini mahalliy byudjetlarga berish;
d) korxonalar moliyaviy intizomini mustahkamlash;
e) pulning qadrsizlanishini izchillik bilan kamaytirish.
20. Markazlashgan pul fondlarining shakllantirishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar… a) kredit munosabatlari;
b) moliyaviy munosabatlar;
c) tovar-pul munosabatlari;
d) iqtisodiy munosabatlar;
e) ijtimoiy munosabatlar deyiladi.
21. Qaysi moliyaviy munosabatda davlat ishtiroki taqozo qilinmaydi? a) davlat bilan turli mulkchilikka asoslangan korxonalar o‘rtasidagi;
b) davlat bilan aholining turli qatlamlari o‘rtasidagi;
c) korxonalar bilan uning xodimlari o‘rtasidagi;
d) davlat bilan ijtimoiy tashkilotlar o‘rtasidagi;
e) davlat bilan jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi.