35. Quyidagilardan qaysi biri byudjet taqchilligining sabablaridan emas? a) davlatning iqitisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi;
b) bozor konyukturasidagi davriy tebranishlar;
c) iqtisodiy inqirozlar;
d) davlat iqtisodiy siyosatining o‘zgarishi;
e) byudjet daromadlari va xarajatlarining mutanosib o‘sishi.
36. Byudjet taqchilligini qoplash usullaridan qaysi biri inflyatsiya jarayonining kuchayishi bilan birga boradi? a) davlat ichki qarzlari
b) davlat tashqi qarzlari
c) qo‘shimcha pul emissiyasi
d) moliyalashtirishdan kreditlash tizimiga o‘tish;
e) byudjetga soliqdan tashqari to‘lovlar tushumini ko‘paytirish, dotatsiyalarni kamaytirish.
37. Byudjet taqchilligini qoplashning qaysi usulida milliy daromadning bir qismi foiz to‘lovlari shaklida chetga chiqib ketishi xavfi mavjud bo‘ladi? a) davlat ichki qarzlarida;
b) davlat tashqi qarzlarida;
c) qo‘shimcha pul emissiyasida;
d) moliyalashtirishdan kreditlash tizimiga o‘tishda;
e) dotatsiyalarni kamaytirishda.
38. Byudjet kamomadlarini qoplashning qaysi yo‘li uning daromadlari qismida o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi? a) byudjetga soliqsiz to‘lovlar tushimini kengaytirish;
b) moliyalashtirishdan kreditlash tizimiga o‘tish;
c) dotatsiyalarni kamaytirish;
d) mahalliy byudjetlar rolini oshirish;
e) xarajatlarning tejamkor yo‘llariga o‘tish.
39. Quyidagilardan qaysi biri soliqlarning iqtisodiy mazmuniga tegishli emas? a) jamiyat sof daromadining bir qismini byudjetga jalb qilish shakli;
b) jismoniy va huquqiy shaxslar daromadlaridan belgilangan miqdor va muddatlarda davlat ixtiyoriga olinishi;
c) davlat byudjeti daromadlarini shakillantirish manbai;
d) jamiyat milliy daromadini birlamchi va qayta taqsimlash vositasi;
e) soliq summasining soliqqa tortiladigan daromad hajmiga nisbati.
40. Soliqlarning qaysi vazifasi davlat byudjeti daromadlarni shakllantirishga qaratiladi? a) taqsimlash vazifasi;
b) fiskal vazifasi;
c) ijtimoiy vazifasi;
d) tartibga solish vazifasi;
e) rag‘batlantirish vazifasi.