“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Bashorat qilish 
«murakkab narsani oddiy narsaga aylantirish»ning oliy darajasini tashkil etadi. 
Ilmiy bilim 
taraqqiyoti ilmiy bashorat kuchining o‘sishi va mazkur hodisa chegaralarining kengayishi bilan 
bog‘liq. Bashorat qilish jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish imkonini beradi. Ilmiy
 
bilish 
nafaqat kelajakni bashorat qilish, balki bu kelajakni ongli ravishda shakllantirish uchun imkoniyat 
yaratadi. Har qanday fanning hayot mazmunini
 
shunday tavsiflash mumkin: bashorat qilish uchun 
bilish, ish ko‘rish uchun bashorat qilish kerak. Masalan, D.I.Mendeleev yuz yil keyin kashf etilgan 
kimyoviyelementlarning mavjudligini bashorat qilgan edi.
Intuitsiya 
– 
haqiqatni mantiqiy dalillar yordamisiz, bevosita anglab etish qobiliyatidir
. U doim 
inson aqli va joni birgalikda amalga oshirgan katta ish
 
mahsuli hisoblanadi. SHu ma’noda faqat 
iste’dodli, mehnatkash va tirishqoq
 
odamlargina intuitiv bilishga qodir.
 
Intuitsiya muammosi 
falsafa va tabiatshunoslik tarixida har xil, ba’zan
 
bir-birini istisno etuvchi yondashuvlar, nuqtai 
nazarlar va tasavvurlar bilan
 
tavsiflanadi. Antik falsafadayoq bu muammo atrofida keskin bahslar 
bo‘lgan.
 
Ioniya falsafasi namoyandalari intuitsiyaga bevosita bilim, sezgi a’zolari
 
orqali bilish 
shakli deb qaragan bo‘lsalar, eley maktabi vakillari, shuningdek, Levkipp va Demokrit bevosita 
bilim va sezgi a’zolari orqali bilishni
 
rad etganlar, sezgilarni soxta deb e’lon qilganlar. Suqrot 
talqinida intuitsiya «daymoniy» yoki «predmet g‘oyasiga egalik»dir. Platon ham hissiy bilishni
 
haqiqat emas deb hisoblagan.
Hissiy, empirik va nazariy bilish birligi. 
Ko‘p sonli ma’lumotlar sezgi a’zolari orqali va oqilona 
bilish nafaqat bir-biri bilan bog‘liq, balki bir-birini taqozo etishidan dalolat beradi. Inson ruhiyati 
bir-birini belgilashning ko‘p sonli zanjirlariga ega bo‘lgan murakkab tizimidir. SHu sababli, 
sezgining mazmuni nafaqat tashqi ta’sirlantiruvchi kuch, balki tafakkur, xotira,xayolning holati 
bilan ham belgilanadi. Sezish va tafakkur mumkin bo‘lgan narsalar o‘zaro mushtarakdir.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin