“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Isbotlash va rad etish. 
Fanning u yoki bu qoidasining haqiqiyligi yoki soxtaligi, aniq-ravshan 
ko‘rinib turmaydi. Faqat eng sodda mulohazalar o‘zining haqiqiyligini tasdiqlash uchun sezgi 
idrokidangina foydalanishni talab qiladi: ko‘rsatish mumkin bo‘lgan narsani isbotlashning hojati 
yo‘q. Fanning aksariyat qoidalari sezgi a’zolari orqali bilish darajasida va boshqa haqiqatlardan 
alohida emas, balki mantiqiy tafakkur darajasida, boshqa haqiqatlarga bog‘langan holda, ya’ni 
isbotlash yo‘li bilan haqiqiy deb qabul qilinadi. Isbotlash – ilmiy tafakkurning muhim vositasi. 
Har qanday isbotda tezis, isbotlash uchun asoslar (dalillar) va isbotlash usuli mavjud. Haqiqiyligi 
yoki soxtaligi isbotlash yo‘li bilan aniqlanayotgan qoida tezis deb ataladi. Tezisning soxtaligini 
aniqlash – rad etish deb ataladi. Isbotlashda foydalanilayotgan va isbotlanayotgan tezisning 
haqiqiyligini ko‘rsatayotgan barcha qoidalar asoslar yoki dalillar deb ataladi. Asoslar va dalillar 
ishonchli dalillar haqidagi qoidalar, ta’riflar, aksiomalar va ilgari isbotlangan qoidalardan tashkil 
topadi.
 
Yolg‘on 
haqiqatning qarama-qarshisi. 
YOlg‘on odatda noto‘g‘riligi ayon bo‘lgan tasavvurlarni 
bila turib haqiqat darajasiga ko‘tarish sifatida tushuniladi. 
YOlg‘on kundalik va ijtimoiy hayotda 
21
Қаранг: S.М. Hotamiy. Islom tafakkuri tarixidan. –Т.: «Minhoj», 2003 y. 126-b.


6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 
97
keng tarqalgan bo‘lib, odamlar o‘zaro
 
aloqa qiluvchi hamma joyda uchraydi; u individlar va 
ijtimoiy guruhlar manfaatlarining «uchrashuvi» yuz beradigan har qanday insoniy munosabatlar 
funksiyasidir. Gap yolg‘on mavjud yoki mavjud emasligida emas (oddiy hayot tajribasi
 
uning 
mavjudligidan dalolat beradi), balki har bir muayyan holda uning ulushi qanchaligidadir.
 
Beruniy 
fikricha, «SHunday kishilar bo‘ladiki, ularning tabiatiga yolg‘on
 
xabar tarqatish o‘rnashib qolib, 
go‘yo unga shu vazifa yuklatilgandek bo‘ladi va
 
yolg‘on xabar tarqatmasdan turolmaydi... Ba’zan 
kishi yolg‘on xabar tarqatuvchiga
 
taqlid qilib, bilmasdan yolg‘on xabar tarqatadi. Bu xabarchilar 
birinchi marta
 
ataylab yolg‘on xabar tarqatgan kishi bilan eng keyin yolg‘on xabarni eshituvchi
 
oralig‘ida vositachi bo‘ladilar. YOlg‘onchilik kishini adolatdan yuz o‘girtiradi,zulm, yolg‘on 
guvohlik, omonatga xiyonat qilish, boshqalar mulklarini hiyla bilan
 
bosib olish, o‘g‘irlik, dunyo 
va xalqning buzilishiga sabab bo‘ladigan boshqa yomon
 
xulqlarni kishilar yaxshi qilib 
ko‘rsatadilar»
22
. Beruniy insonni rostgo‘ylik
 
qolib, yolg‘onchilik yo‘lidan yurmasligi, boshqalarga 
yaxshilik qilish, yaxshilik
 
qilish imkoniyati bo‘lmasa, yaxshi tilaklar izhor qilishga chorlaydi. 
Rostgo‘ylik,odillik, Beruniy fikricha, yuksak ma’naviyat, go‘zal odob – axloq belgisidir.
 
Insonning individual rivojlanish jarayonida yolg‘on bolada jazodan qutulib
 
qolishga harakat qilish, 
kattalar o‘rnagi va shu kabilar orqali shakllanadi. Keyinchalik bunga jamiyat kuchliroq ta’sir 
ko‘rsatadi. Insonni bu tomonga itaruvchi omillar majmui orasida ehtiroslar, shu jumladan, 
muhabbat tobora kengroq o‘rin egallay boshlaydi. Muhabbat «sonsanoqsiz yolg‘onni vujudga 
keltiradi. Oshiq odam o‘zining narxini oshirish uchun yolg‘on so‘zlaydi, o‘z raqibining obro‘sini 
tushirish uchun, rashk o‘tini yoqish uchun... sovib borayotgan muhabbat otashini qayta o‘t oldirish 
uchun aldaydi, nihoyat, muhabbat yo‘qolgan holda yolg‘on gapiradi»
23
. YOlg‘on takabburlik, 
irodasizlik, muvaffaqiyatga intilish, pulga, hokimiyatga o‘chlik va hokazolar zaminida yuzaga 
keladi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin