“ Ijtimoiy fanlar


Bilishning empirik va nazariy darajalarini farqlash mezonlari



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Bilishning empirik va nazariy darajalarini farqlash mezonlari. 
Nazariy va empirik narsalar va hodisalar muammosi xususida juda ko‘p metodologik adabiyotlar 
mavjud. Bilishning bu darajalarida XX asrning 30-yillarida pozitivizm ta’limotida fan tilini tahlil 
qilish natijasida empirik va nazariy atamalar ma’nosidagi farqlar aniqlangan. Bu farq tadqiqot 
vositalariga ham taalluqli. Biroq, bundan tashqari, tadqiqot predmetining xususiyati va uni 
o‘rganish metodlarining har xilligini e’tiborga olib, ilmiy bilishning ikki darajasini ham farqlash 
mumkin. Bu farqlarni mufassalroq ko‘rib chiqamiz. Nazariy va empirik tadqiqot vositalarining 
o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
4. 
Haqiqat 
– bilish nazariyasining bosh kategoriyasi. U borliqning bilishdagi ideal ifodasi, chunki 
haqiqat ongdan, bilayotgan sub’ektdan tashqarida va undan qat’i nazar mavjuddir. Haqiqat – 
bilimlarning ob’ektiv borliqqa muvofiq bo‘lgan mazmuni. U bilish jarayoni, bilish in’ikosining 
natijasidir. Haqiqat ilmiy nazariyada mujassamlashgan anglab etilgan tasdiqlovchi mulohazalar 
ko‘rinishida o‘z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya rivojlantirilishi, ba’zan boshqa, 
yanada haqiqiyroq nazariya bilan almashtirilishi lozim. SHu ma’noda haqiqat – bilish 
rivojlanishining yakuni va omilidir.
Falsafa tarixida haqiqat 
(bilimlarning haqiqiyligi) muammosi qadimgi davrlardayoq 
ta’riflangan. «Avesto»da haqiqat oliy sharofatdir deyiladi. Darhaqiqat insoniyat doimo haqiqatga 


6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 
96
intilgan. Zero, haqiqat adolatga, sharofatga eltadigan buyuk qudrat. Aristotel fikricha haqiqat – 
mulohazalar va amaldagi holat o‘rtasidagi muvofiqlikdir. Platon haqiqatni g‘oyalar dunyosiga mos 
keluvchi g‘ayritabiiy mustaqil ideal mohiyat sifatida tushungan, inson bilimi jonning shu g‘oyalar 
dunyosi bilan mushtarakligi darajasidagina haqiqiydir, deb hisoblagan. Foma Akvinskiy haqiqat 
yolg‘on narsalarda emas, balki aqlda mavjud bo‘ladi, har bir narsa o‘zi bog‘liq bo‘lgan aqlga 
munosabati darajasidagina haqiqiy deb nomlanishi mumkin, deb qayd etgan.
Beruniy fikricha, haqiqat bilimning voqelikka muvofiqligidir. Forobiy fikricha, haqiqatni bilish 
aqlning kamolotiga bog‘liq. Bu aql inson qalbidadir, uning kamolotiga esa, faol aqlga qo‘shilish 
orqali erishiladi. Faol aqlda borliqning eng oliy darajasi bo‘lgan. Birinchi sababdan boshlab to 
oxirgi haqiqatning barcha sura shakllari mavjud. SHuningdek, Forobiy va uning izdoshlari 
fikricha, haqiqat bir nechta bo‘lishi mumkin emas, haqiqat bitta, shu bois falsafa ham bir nechta 
bo‘lishi mumkin emas. Forobiy haqiqatning o‘zgarmasligiga ishongan va falsafani haqiqatning 
birdan bir ifodasi deb hisoblagan
21
.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin