“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 
195 
faqat ijobiy emas, balki salbiy hodisa sifatida ham namoyon bo‘lmoqda. Atom, vodorod, neytron 
bombalarining kashf etilishi, yadro kallakli ballistik raketalarning yaratilishi ana shunday salbiy 
hodisalardandir. Bundan tashqari, noosferaning vujudga kelishi atmosferani, olamiy okeanni, er 
osti va er usti suvlarini, nabototni, hayvonotni, xatto insonni ich-ichidan kimyoviy zaharlanishga 
olib keldi. Hozirgi kunda tirik organizmlarning, o‘simliklarning, hayvonlarning ko‘pgina turlar 
jisman yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi. Ayniqsa joy topolmay okeanda, kemalarda suzib 
yurgan radioaktiv chiqindilarki ularning kimsasiz go‘zal orollarga ko‘mib tashlanishi, kislota 
yomg‘irlarini ko‘payib borishi singari hodisalar bag‘oyat xatarli. Afsuski, inson bila turib o‘zi 
o‘tirgan shoxga bolta urishni to‘xtatmayotir. Bu muammolarning hal etilishi faqat atrof-muhitni 
kimyoviy zahardan ekologik tozalanishigina emas, balki, eng avvalo, global ma’noda, XX asr 
kishisi ongini texnokratiya zaharidan forig‘lantirishni taqozo etadi. Ya’ni, ular insoniyat oldida 
endilikda ekologik hodisa emas, balki tom ma’nodagi axloqiy muammolar sifatida ko‘ndalang 
bo‘lib turibdi. Mashhur avstriyalik etolog olim, Nobel mukofoti laureati Konrad Lorens: 
“Yoppasiga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga begonalashish hodisasining asosiy sababi 
sivilizatsiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy to‘poslikdir”, degan suzlari shu nuqtai nazardan ayni 
haqiqat.
Yuqorida
aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta: kelajakda inson o‘zini va o‘z sayyorasini 
muqarrar halokatdan kutqapaman desa - XX asrdan boshlab etosfera davriga o’tishi kerak; 
axloqiylik har birimiz uchun har qadamda bugungi texnikaviy muhit kabi zaruratga 
aylangandagina bunga erishish mumkin. Bunda axloqshunoslik fanining o‘rni g‘oyatda beqiyos.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin