“ Ijtimoiy fanlar


Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlarining shaxs va jamiyat



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

4. Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlarining shaxs va jamiyat 
munosabatlarida namoyon bo‘lishi 
Avval biz axloqiy hissiyotlarni axloqiy anglash uchun muayyan ma’noda material ekani to‘g‘risida 
birrov to‘xtalib o‘tgan edik. Bu xamda mumtoz faylasuflar xam e’tiborga sazovar fikr bildirganlar. 
Chunonchi, buyuk ingliz mutafakkiri Jon Lokk, tushunchada nimaiki bor ekan, u bundan avval 
hissiyotda mavjud bulgan, deb. ta’kidlaydi. “Tabiat qonuni borasidagi tajribalar” asarida u 
shunday deb yozadi “Agar hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi etkazib berilmasa, u xolda tafakkur 
uchun xech qanday material berilmagan buladi va aql bilishni tarakkiy ettirishi borasida tosh, 
yog‘och, kum va xokazo qurilish materiallarisiz me’mor bino kurishda qanchalik ish qila olsa, 
shunchagina ish bajara biladi”. Aqlni ideallashtirish, hissiyotni ikkinchi darajali omil sifatida 
talqin - etish, afsuski, Lokkga unga o‘xshash ba’zi mutafakkirlar, fikrlarini hisobga olmaslik 
keyingi davrlarda, ayniqsa, kuchaydi. Xegel singari faylasuflar esa bugun borliqni 
mantiqiylashtirish yo‘lidan bordilar. Lekin XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Farb 
allomalari bu yo‘lning ko‘p jixatdan yanglash ekanini angladilar. XX asr mutafakkirlari, puhiy 
tahlil falsafasidagi yangi froydchilik oqimining atoqli namoyandalaridan biri Karl Yung shunday 
deb yozadi “g’arb kishisi” ruhiy (“psixologik”), so‘zini eshitganida, uning uchun “u shunchaki 
ruxiy” tarzida jaranglaydi. Uning uchun “psixe” - qalb qandaydir, achinarli darajada kichik, 
e’tiborga noloyiq, shaxsiy, sub’ektiv v.h.. SHu sababli “ruh” (qalb) o‘rniga “aql” so‘zini ishlatish 
ma’qul ko‘radi...” Boshqa bir o‘rinda “... barcha metafizik muloxazalar uchun ijodiy zamin aynan 
qalbning (ma’naviylikning) ko‘zga ko‘rinmas, etishib bo‘lmas tarzdagi inikosi hisoblangan 
ongdir...”, degan fikrni bildiradi. Darxaqiqat, “yurak va aql”, “hissiyot va ong” bahsida Farb, 
ayniqsa, bizning XX asrda, so‘zsiz, birinchilikni aqlga, ongga beradi. Yuqoridagi kabi fikrlar 
istisnoli xollardir. Shu bois axloqshunoslik nuqtai nazaridan muxabbat xaqida gap ketsa, uni 
xissiyot, deb yana buning ustiga, ta’riflash qiyin bulgan tuyg‘u, deb ataydilar va uni tushuncha 
tarzida olib qarashdan cho‘chiydilar. Vaholanki, muxabbat aynan axloqiy hissiyot va 
axloqshunoslikning bosh mezoniy tushunchasidir.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin