“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə252/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 
196 
2. Muxabbat bosh mezoniy tushuncha sifatida deyarli barcha asosiy tushunchalarda va 
tamoyillarda o‘z “xissa”siga ega. Na ezgulikni, na yaxshilikni, na vataparvarlikni, na 
insonparvarlikni muxabbatsiz tasavvur etib bulmaydi. Qo‘shimcha qilib shuni aytish mumkinki, 
u-insonni tashqi va transsendentrat olam bilan bog‘lovchi, uni yolg‘izlikni olib chiqadgan buyuk 
kuch muxabbatning ob’ekti doimo go‘zallik, manfaatsiz go‘zallik. U - Olloxmi, Vatanmi, yormi - 
muxabbat egasiga undan-da go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni paytda bir ob’ektni cevgan kishi boshqa 
ob’ektlarni xam sevmasligi mumkin emas. Deylik, yorga bulgan xaqiqiy muxabbat Vatanga, 
insoniyatga muxabbatni inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. Zero “o‘z-o‘zicha”, yakka, 
“xudbin” muxabbatning bulishi mumkin emas. Inson o‘zi-o‘zgaga aylanganida, o‘zgani o‘ziga 
aylantira olganida xaqiqiy muxabbat egasi hisoblanadi. Mana shu ob’ekt bilan sub’ekt orasidagi 
farqning yo‘qolishi eng buyuk, eng mukammal lazzatdir. Buni Mavlono Fuzuliy nihoyatda go‘zal 
qilib, bir baytda shunday ifodalaydi
Ishqdir ul, nasha’i komilkim, andandir mudom 
Mayda tashviri harorat, nayda ta’siri sado. 
Komil nasha, komil lazzatga faqat komil insongina erisha oladi. Demak, muxabbat inson axloqiy 
xayotining cho‘qqisi, komillik belgisidir. Shu bois xaqiqiy muxabbat egalari yoshlar tomonidan 
doimo axloqiy ideal tarzida qabul qilinadi: Farxod va Shirin, Romeo va Juletta, Otabek va h. Shuni 
ta’kidlash lozimki, muxabbat - oliy tuyg‘u, shu ma’noda u oliy tushuncha. Lekin uni tuban, quyi 
narsa xodisalarga nisbatan xam qo‘llash hollari uchrab turadi. Chunonchi, Fromm singari g’arblik 
mutafakkirlar, ba’zi rus faylasuflari muxabbat tushunchasini o‘likka (nekrofil), mol-dunyoga, 
pulga nisbatan qo‘llaydilar. Ularga nisbatan “o‘chlik”, “ruju”, “hirs” singari tushunchalarni 
qo‘llash ma’kul emasmikan?
Muxabbat ham axloqshunoslikdagi ko‘pgina tushunchalardek, “juftlik” xususiyatiga ega, uning 
ziddi - nafrat. Nafrat tushunchasi, albatta, muhabbat singari keng qamrovli emas. U aksil muhabbat 
tarzida namoyon bo‘lgan ob’ektdan chetlashish, undan begonalashishni taqozo etadi. Xazar, 
jirkanch hissi nafratning kundalik turmushidagi tor, “mayda” ko‘rinishidir. Nafratning ularga 
nisbtan “yirikligi” uning ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bulishidir. Ayni paytda, bu tushuncha 
g‘azabdan, keskin. farq qiladi. U, g‘azabga o‘xshab, o‘z ob’ektini yo‘qotishga intilmaydi, undan 
faqat yuz buradi. Ko‘rinishdan, nafrat kishida yoqimsiz taassurot uyg‘otsa-da, aslida u asosan illat 
emas, axloqiy fazilat sifatida insonning vijdonliligidan, botiniy jasoratidan dalolatdir.
Nafratdan tashqari yana rashk hisi borki, u –ijtimoiy hodisa emas, faqat jinsiy muhabbat bilan 
yonma-yon keladi. Ma’lumki, muxabbat egasi o‘z sevgisini va sevgilisini qizg‘anib, asrab qolishga 
harakat qiladi. Yana shu qizg‘anish hissi me’yoridan oshib-ketganda rashkka aylanadi. Rashk esa, 
uni qanchalik ta’rif tavsif qilmaylik - me’yorning bo‘zilishi, illat.
Mezoniy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik - ezgulik va yovuzlik, ezgulik axloqshunoslikdagi 
eng asosiy kategoriyalardan. U inson faoliyatining asl mohiyatini anglatadi.
Tangri irodasining inson qalbidagi tajassumi sifatida namoyon buladi. Ezgu uy, ezgu so‘z, ezgu 
a’mol” uchligi “Avesto”dan toptib, barcha muqaddas kitoblarda etakchi o‘rinni egallashi ham 
shundan. Ezgulik - inson shaxsining komilikka, baxtga, jamiyatni esa yuksak tarqqiyotga 
yetkazuvchi vositadir. U insonning axloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga chiqadi. Uni 
sinfiylik yoxud partiyaviylik qobig‘iga o‘rash mumkin emas. Chunonchi, “sinfiy dushmanni”, 
ya’ni biror bir shaxsni yoki guruxni faqat boshqa sinfga mansub bo‘lgani uchun jisman yo‘qotish, 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin