“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:
G‘ARB 
FALSAFASI 
40
butunlay yangicha yondoshishidir. Ushbu masalalar bo‘yicha Kuzanskiy tomonidan ilgari surilgan 
g‘oyalar ayrim hollarda XVIII asr oxiri va XIX asr boshidagi nemis filosoflari tomonidan bayon 
qilingan fikrlarning debochasi edi.
Filosofiya va fan rivojlanishiga eng katta hissa qo‘shgan uyg‘onish davrining 
mutafakkirlaridan biri polyak olimi Nikolay Kopernikdir (1473-1543). Ma’lumki, fan tarixida
Kopyernik o‘zining fanda tub o‘zgarish yasagan geliotsentrik ta’limoti bilan mashhur bo‘lgan. 
Uning ta’limoticha, insonlar tomonidan kuzatiladigan quyosh va yulduzlarning harakatlari aslida 
Yerning o‘z o‘qi atrofida kundalik aylanishidan va quyosh atrofida yillik aylanishidan iborat. 
Bizning planetamizning markazi Yer emas, quyoshdir. Kopernikning buyuk kashfiyoti dunyoga 
teologik qarashga zarba byerib, tabiatshunoslikda to‘ntarish yasadi. Bu kashfiyot Bibliyaning 
dunyo tuzilishi haqidagi va o‘zgarmas deb tanilgan ta’limotiga zarba byerdi. Agar yer olamning 
markazi emas, balki Quyosh atrofida aylanuvchi planetalarning biri bo‘lsa, unda dunyoni, koinotni 
maqsadga muvofiq xudo tomonidan odamlar uchun yaratilganligi haqidagi talimot asossiz bo‘lib 
qolardi.
Bruno geliotsentrik nazariyani himoya qilish va targ‘ib qilish bilan cheklanib qolmaydi. U 
tabiatshunoslik tajribalarini hisobga olib, bir necha muhim nazariy xulosalar qildiki, ular 
filosofiyani yana ham boyitdilar. Bruno ta’limoticha, haqiqiy filosofiya ilmiy tajribaga suyanishi 
kyerak, sxolastikani tugatish kyerak. uning ta’lmoticha, koinot yagona, moddiy, cheksiz va abadiy. 
Juda ko‘p dunyolar bizning quyosh sistemasidan tashqarida mavjuddir. Biz ko‘rib turgan narsalar 
koinotining eng kichik bir qismidir. Yulduzlar — bu boshqa planeta sistemalarining quyoshi. Yer 
— cheksiz dunyoning kichik bir zarrasi. Demak, Bruno tabiiy — ilmiy qarashlarida Kopyernikdan 
ilgarilab ketib, koinotning cheksizligi haqidagi fikrni aytadi, Kopyernik esa koinotni chekli deb 
hisoblagan edi. Bruno Kopyernik ta’limotini quyosh sistemasining tuzilishi haqidagi yangi 
qarashlar bilan boyitdi.
Uyg‘onish davrining natijasi sifatida namoyon bo‘lgan G’arbiy Yevropa mamlakatlaridagi 
tub ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar Nidyerlandiyada XYI asrning 60-70 yillarida, Angliyada XYII 
asrning 40-50 - yillarida bo‘lib o‘tdi. Bu davrga kelib, Yevropada alohida millatlarning 
shakllanishi yuz byerdi, milliy davlatlar paydo bo‘ldi. Endi monarxiya tuzumi jamiyatning ilg‘or 
tabaqalari nazarida faqat tarixan o‘z umrini o‘tab qolmasdan, balki g‘ayritabiiy, g‘ayriaqliy bo‘lib 
ko‘rina boshladi. O‘sha davrning ideologlari ilgari tan olinmagan insonning tabiiy huquqlari 
masalasini o‘rtaga qo‘ydilar. Ular ijtimoiy tartiblar inson tabiatiga mos kelishini talab qila 
boshladilar. Bor-yo‘g‘i 50-60 yil ilgari inkvizitorlar Jordano Brunoni yoqib yuborganlarida lom-
mim demagan YYevropa, endi o‘zining hayotida markaziy o‘rinni inson huquqlari egallashi 
kerakligini his eta boshladi. Hatto xudoning nomidan bo‘lsa-da, inson umriga zomin bo‘lishga 
hech kimning haqqi yo‘qligi, odamzodning yashash, fikr yuritish erkinligining tabiiyligi anglab 
olina boshladi. Albatta, bungacha ikvizitsiya bir necha asrlar bu hududni aqidaparstlik changalida 
ushlab turgan, ne-ne aqlli kishilarni o‘z domiga tortib ulgurgan edi.
Ma’naviy uyg‘onayotgan millat va hududda hech qachon aqidaparastlik o‘z ta’sirini to‘la — 
to‘kis saqlab qola olmaydi. YYevropada ham xuddi shunday bo‘ldi. Ma’nan kamolga etgan, milliy 
davlatchiligiga ega bo‘lgan va endi ana shu mustaqil davlatlarini kamolga etishi uchun qarzdor 
ekanligini anglab olgan YYevropa millatlari o‘zlarininng komil insonlarini endi inkvizitsiyaning, 
aqidaparastlarning hukmiga topshirishga sira ham haqlari yo‘q ekanligini angladilar.
Yevropada Rim impyeriyasidan keyin bir necha asrlar o‘tib, aynan ana shu davrda ilgarigi, 
butun mintaqa hayoti uchun xristianlik va uning xilma-xil oqimlari umumiy mafkura rolini o‘tab 
kelgan davr tugadi. Endi diniy oqimlararo kurash, xristianlikning sofligini saqlashga urinishning 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin