“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:
G‘ARB 
FALSAFASI 
41
mutlaqlashtirilishi natijasida vujudga kelgan inkvizitsiya ham o‘z davrini o‘tab bo‘ldi. Butun 
Yevropani boshqarib kelgan qon-qardosh va bir-biriga dushman qirollar davri ham o‘tmishga 
aylana boshladi. Yevropa uyg‘ondi. Ilm-fan sohasida chuqur o‘zgarishlar ro‘y byerdi. 
Odamlarning dunyoqarashi keskin o‘zgara boshladi. Endilikda milliy davlatlarning har biri uchun 
muhim bo‘lgan mafkuraning shakllanishi zaruriyatga aylanib qoldi. Albatta bunda biz sanab o‘tgan 
omillar, ya’ni qirollik an’analari, xristianlik va uning oqimlari ta’siri, umumYevropaga xos 
xususiyatlar, Rim impyeriyasi davrida bir oila bo‘lib yashagan xalqlar o‘rtasidagi hududiy va 
ma’naviy yaqinlik o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Ammo, asosiysi, bu davrda milliy g‘oyalar to‘la-to‘kis 
amalga oshishi uchun ijtimoiy sharoit etildi, italiya, ingliz, fransuz va boshqa xalqlar o‘z 
davlatchilik an’analarini to‘la-to‘kis tikladilar. Bu davlatlarda shakllangan falsafiy maktablar faqat 
milliy qobiqqa o‘ralib qolmadilar, balki umumYevropa va butun jahon taraqqiyotining 
umumbashariy muammolarini falsafiy jihatdan izohlash, ilmiy o‘rganish va asoslashga harakat 
qila boshladilar. ushbu davr falsafasi ham oldingiga nisbatan katta qadam tashladi. Fanda qo‘lga 
kiritilgan yutuqlarning falsafiy izohlanishi, kashf etilayotgan ilmiy usul va uslublarning falsafaga 
tadbiq etilishi, falsafiy qonunlarni fanning turli sohalarida sinab ko‘rilishi o‘sha davr faylasuflari 
uchun odatiy holga aylandi. Bu tamoyillar esa milliy chegaralarni bilmaydigan, umuminsoniy 
qadriyatlar xususiyatiga egadir. Uyg‘onish davri Yevropa fani va falsafasi ham insoniyat tarixida 
eng buyuk ko‘tarilish davrlaridan biri bo‘lib qoldi.
Ingliz falsafasi. O‘sha davr falsafasining asosiy vakillaridan biri F. Bekon (1561-1626) 
yuqoridagi masala haqida shunday degan edi: «Moddiy dunyo, mamlakatlar, dengizlar, planeta 
juda keng bo‘lgani holda insonlarning ma’naviy dunyosini eski chegaralar bilan o‘rab qo‘yilishi 
sharmandalikdan boshqa narsa emas» («Yangi Organon» kitobi). Bekon ingliz falsafasining o‘rta 
asrlardagi taraqqiyotiga eng katta hissa qo‘shgan olimlardan biridir. Uning ta’limoticha, fanning 
yangi binosini ko‘rish uchun, to‘g‘ri fikrlashga o‘rganish kyerak. Bekon ta’limoticha, tabiatni 
bilishda bir necha «idollar» insonga halaqit byeradi. Ular inson aqlini o‘rab tashlaydi. Ular asosan 
to‘rtta. Birinchisi urug‘ idollari, bular inson zotiga, butun odamlarga xosdir. Masalan, Bekon 
shunday deydi: «insonning aqli qiyshiq ko‘zguga o‘xshaydi. U narsalarning tabiati bilan o‘z 
tabiatini aralashtirib yuborib narsalarni qiyshiq, buzuq ko‘rsatadi. Ikkinchisi, g‘or idollari. Bu har 
bir odamnning o‘z spetsifik xususiyatlari natijasida yanglishishi. Ular fikrlash ufqining 
cheklanishidan tug‘iladi. Bu narsa hamma narsani o‘z nuqtai-nazari bilan ifodalash, o‘zinnig tor 
doirasi bilan o‘lchash natijasida vujudga keladi. Uchinchisi, maydon idollari, bo‘lib, u ma’lum 
bo‘lgan tasavvurlarga tayanish odati, noto‘g‘ri yoki noaniq tyermonologiyalarga tanqidiy 
yondoshmaslik oqibatida vujudga keladi. Bu masalaga Bekon juda ham katta ahamiyat byeradi. 
Masalan, u shuni ta’kidlaydiki, real borliqni ifodalamaydigan yoki uni noaniq, mavhum 
ifodalaydigan so‘zlar soxta tushunchalarni tug‘diradiki, ular tafakkurga teskari ta’sir qiladi.
To‘rtinchisi, teatr idollari: ular avtoritetlar fikriga ko‘r-ko‘rona yergashib qadimgilarning falsafiy 
sistemalarini davom ettiravyeradilar.
Bekon tomonidan sxolastikaga qarshi qaratilgan idollarning tanqidi katta metotologik 
ahamiyatga egadir. Bekon bilish nazariyasining birinchi bosqichi esa tajribadir, ikkinchi bosqichi 
aqldir. U tajriba ma’lumotlarini ratsional qayta ishlaydi va umumlashtiradi. Bekon ta’limoticha, 
olim chumoliga o‘xshab faqat yig‘ish va yig‘ilganlar bilan kifoyalanmasligi kyerak, o‘rgimchakka 
o‘xshab hayotdan ajrab, faqat o‘zining shaxsiy aqli bilan o‘zining makrli falsafasini to‘qimasligi 
kyerak. Bekon ta’limoticha, olim asalariga o‘xshab gullardan olib keyin ularni asalga aylantirishi 
lozim. Bekon o‘zining ijtimoiy-siyosiy qarashlari bo‘yicha kuchli markazlashgan davlat tarafdori 
bo‘lgan. Jamiyat hayotida asosiy rolni Bekon fikricha san’at va savdo rivojlanishi o‘ynaydi.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin