“ Ijtimoiy fanlar


Falsafaning asosiy funksiyalari



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Falsafaning asosiy funksiyalari. 
Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar, qonunlar, muayyan 
tamoyillarni ta’riflar yoki gipotezalar, g‘oyalar va nazariyalarni ilgari surar ekan, ayni vaqtda 
(ba’zan, shu tariqa), har xil funksiyalarni bajaradi. Falsafaning muhim funksiyalaridan 
dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik, integrativ, madaniy, aksiologik, axloqiy va 
tarbiyaviy funksiyalarni qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Bu 
funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan vazifalar darajasi 
va xususiyati bilan belgilanadi.


1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 
16 
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi 
insonning o‘z-o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni 
tushunishi, shuningdek, turli voqealar, hodisalarni va o‘z burchini qanday talqin qilishida 
namoyon bo‘ladi. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, inson dunyoqarashida e’tiqodlar va bilimlar, 
tuyg‘ular va emotsiyalar, oqilonalik va irratsionallik, tajriba, intuitsiya va hokazolar chambarchas 
bog‘lanadi. 
 
Falsafaning gnoseologik funksiyasi 
tajribada sinash, tavsiflash yoki shak-shubhasiz inkor etish 
mumkin bo‘lmagan, ya’ni fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir bo‘lmagan 
narsalar va hodisalarni oqilona yo‘l bilan tushuntirishga harakat qilishdir
. Falsafa u yoki bu 
mohiyati aniqlanmagan yoki
 
kam o‘rganilgan hodisalarni tushuntirishga nisbatan o‘z 
yondashuvlari, nazariyalari va gipotezalarini taklif qilar ekan, ularni bilishga bo‘lgan 
qondirilmagan
 
qiziqish o‘rnini muayyan darajada to‘ldiradi, shu tariqa mifologik va diniy 
fantaziyalarga kamroq o‘rin qoldiradi. Falsafa gnoseologiyada hal qiladigan boshqa
 
bir muhim 
vazifa «Haqiqat nima?» «Uning mezonlari qanday?» degan masalalar bilan bog‘liq, zero har 
qanday bilish jarayoni oxir-oqibatda, u yoki bu tarzda haqiqatning tagiga etishga qarab mo‘ljal 
oladi, bu esa eng muhim masaladir.
 

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin