“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Falsafaning strukturasi. 
Falsafa o‘z shakllanishi va rivojlanishining qadimgi davridayoq, tabiat, 
inson, jamiyat va ma’naviyatni, shuningdek, sababiy bog‘lanishlar, qonunlar va shu kabilarni 
bilish sohasida yuksak natijalarga erishdi va ratsionallik nuqtai nazaridan odamlarning dunyo 
haqidagi umumiy tasavvuriga aylandi. Ammo olamning cheksiz darajada rang-barangligi va 
serqirraligi tufayli o‘sha davrdayoq parchalanmagan falsafiy bilimlar va tasavvurlardan ayrim 
bo‘limlar ajralib chiqa boshladi, vaqt o‘tishi bilan rivojlanib, ancha aniq shakl-shamoyil kasb etdi 
va yangi bilimlar bilan to‘ldirildi.
Falsafaning asosiy masalasi strukturasida ikki tomon ajratiladi. Ruh birlamchimi yoki tabiatmi, 
degan savol mazkur masalaning ontologik tomonini tashkil qiladi. Dunyoni bilish imkoniyati 
to‘g‘risidagi masala, «inson tafakkuri dunyoni haqqoniy bilishga qodirmi, u o‘zining haqiqiy 
dunyo haqidagi tasavvurlarida voqelikni to‘g‘ri aks ettirishga qodirmi», degan savol falsafa 
asosiy masalasining gnoseologik tomonini o‘zida ifodalaydi. 
«Dunyo – inson» tizimidagi munosabatlarning rang-barangligi predmetli 
– amaliy, gnoseologik, akseologik, estetik, axloqiy va boshqa xil munosabatlar bilan belgilanadi.
Quyidagilar falsafiy bilimning strukturasi hisoblanadi: 

 
ontologiya – mavjudlik, borliq haqidagi bilim; 


1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 
15 

 
gnoseologiya (boshqa bir terminologiyaga ko‘ra – epistemologiya) – bilish nazariyasi; 

 
ijtimoiy falsafa – jamiyat haqidagi ta’limot; 

 
etika – axloq haqidagi ta’limot; 

 
aksiologiya – qadriyatlar haqidagi ta’limot; 

 
falsafiy antropologiya – inson haqidagi ta’limot va boshqalar. 
Falsafa ularning muhim xususiyatlari, birinchi sabablari va asoslarini
aniqlashdan manfaatdor. U yoki bu munosabatni dunyoga yondashuv mezoni sifatida tanlash
(masalan, dunyoga uyg‘unlik, go‘zallik, mutanosiblik nuqtai nazaridan yondashish) u yoki bu 
falsafiy fanni (ayni holda estetikani) belgilaydi.
Dunyoga uni bilish imkoniyatlari va qonuniyatlari nuqtai nazaridan yondashish bilish nazariyasi 
– gnoseologiyani vujudga keltiradi. «Inson – dunyo» tizimiga hokimiyat munosabatlari nuqtai 
nazaridan yondashish siyosatshunoslikning predmetini tashkil etadi. Munosabatlar o‘zagini 
axloqiy me’yorlar tashkil qilgan taqdirda esa tadqiqotchi etika sohasiga qadam qo‘yadi. 
SHunday qilib, falsafaning asosiy masalasi strukturasi falsafaning o‘z strukturasini aks ettiradi, 
falsafa esa o‘z asosiy masalasining keng nazariyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib 
aytganda, falsafaning asosiy masalasi xususida mulohaza yuritish jarayonida biz borliq nima, 
tafakkur nima degan savollarga turli xil javoblar olamiz. Vaqt o‘tishi bilan bu javoblar o‘z dalillar 
tizimi, metodologik tamoyillarini shakllantiradi va falsafiy yo‘nalishlarga aylanadi.
Falsafaning 
jamiyatdagi ahamiyati - falsafa insoniyat tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan ma’naviy 
madaniyatning bir qismi bo‘lib, insonning o‘zi va borliq to‘g‘risidagi bir butun dunyoqarashi 
tizimidan iboratdir. Falsafa inson muammosini o‘zining asosiy o‘rganish mavzusi hisoblab, uning 
o‘ziga, borliqqa munosabatini falsafaning bosh masalasi deb qaraydi. SHu sababli uning asosiy 
maqsadi ham inson manfaatlariga xizmat qilishdan iboratdir.Falsafa o‘z tadqiqot mavzusi sifatida 
insonning mohiyati, jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy munosabatlarning asoslari 
va sabablari, borliq, materiya, tabiat taraqqiyotining eng umumiy muammolarini o‘rganadi. 
Falsafa qadim davrlardan boshlab kishilarning aqliy salohiyati o‘sishida, nazariy tafakkuri qaror 
topishida, axloqiy kamolatida muhim rol o‘ynab kelgan.
Bugungi kunda mamlakatimizda 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha 
va tarmoqlarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat 
va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-
intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga 
muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda falsafa fanining 
o‘rni beqiyos ahamiyatga egadir. Yoshlarimizning jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, 
mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, 
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning 
ijtimoiy faolligini oshirishda falsafa fanining ahamiyatini ko‘rishimiz mumkin.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin