“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 
14 
«markazdan o‘rin olgan xudo») xususiyat kasb etdi, ya’ni, Xudo va u yaratgan olam falsafiy 
qiziqishlarning asosiy predmetiga aylandi. Uyg‘onish davrida falsafa san’at (estetika)ga va ko‘p 
jihatdan insonga murojaat qilindi. Yangi davr deb nomlanuvchi XVII–XVIII asrlarda falsafa 
tobora kuchayib borayotgan fan bilan uzviy bog‘landi, natijada, falsafiy tadqiqotlarning diqqat 
markazidan bilish va ilmiy metodlar masalalari o‘rin oldi.
XIX asrning ikkinchi yarmida yuz bergan «klassik falsafa» va ratsionallik inqirozi 
irratsionallik, intuitivlik, ongsizlik muammolarini namoyonetdi, XX asrning birinchi yarmida ular 
«noklassik falsafa» tahlilining asosiy predmetiga aylandi, bu esa, o‘z navbatida, matnlar mantig‘i, 
tili, ularni talqin qilish va sharhlashga alohida qiziqish uyg‘onishiga olib keldi. XX asrning so‘nggi 
o‘n yilliklarida hozirgi madaniyatdagi inqiroz hodisalarini va yangi axborot texnologiyalarining, 
shuningdek, ommaviy kommunikatsiya vositalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi bilan 
belgilangan muammolarni kun tartibiga qo‘ygan postnoklassik falsafa shakllandi. Bu falsafa 
vakillari «tarixiy rivojlanishning tugallanganligi», barcha ma’nolar va g‘oyalar «aytib 
bo‘linganligi» haqida mushohada yuritib, inson o‘ziga yog‘ilayotgan axborotga ishlov berishga 
qodir emasligiga e’tiborni qaratar ekan, notizimlilik,Evropa an’anaviy-falsafiy bilimining 
negizlari, qadriyatlari va chegaralarini o‘zgartirish g‘oyasini ilgari surdilar.
Nihoyat, XX–XXI asr chegarasida eng yangi falsafada birinchi o‘ringa chiqqan va eng muhim 
mavzular qatoridan o‘rin olgan yana bir mavzu globallashuv jarayonlarining mohiyatini va 
ularning rivojlanish yo‘nalishini aniqlashga alohida e’tibor qaratildi. Bu jarayonlar hozirgi vaqtda 
jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab oldi va davrimizning olamshumul 
muammolarini yuzaga keltirdiki, ularning nazariy va amaliy echimini topish bu muammolarni shu 
jumladan, falsafiy darajada anglab etishni ham nazarda tutadi. Xalqaro miqyosda alohida e’tibor 
berish va kelishilgan harakatlarni taqozo etuvchi eng muhim muammolar qatoriga ekologiya, 
demografiya, xavfsizlik, xalqaro jinoyatchilik, energetika resurslari, qashshoqlikka chek qo‘yish 
muammolarini kiritish mumkin.
Ko‘rib turganimizdek, falsafaning predmetini qandaydir bitta, qat’iy cheklangan, muayyan 
masalalar doirasi bilan bog‘lash mumkin emas. U vaqt omiliga va ob’ektiv sabablar to‘plamiga 
qarab, doim u yoki bu muammo yoki ularning muayyan majmui tarzida birinchi o‘ringa chiqadi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin