“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: 
SHARQ FALSAFASI 
21 
Bu yuqoridagi maktablardan lokayata va chorvaka maktablari haqiqiy real dunyo, deb insonlar 
yashaydigan dunyoni tushunadilar. Ularning tarafdorlari dunyoni, tabiat hodisalarini, ular qanday 
bo‘lishsa, xuddi shunday tushunmoq va tushuntirmoq kerak, degan talabni ilgari suradilar. Ular nuqtai 
nazaricha, butun borliq: olov, suv, havo, tuproqning yig‘indisidan iborat bo‘lib, inson ham ana shu 
to‘rt unsur birikmasidan tashkil topgan. Chorvakalar dunyoni hech kim yaratgan emas, balki uning 
asosida to‘rt moddiy elementlar birligi yotadi, deb hisoblaydilar. Ular: «Olovni kim issiq qildi, suvni 
kim sovuq qildi?» va kabi savollar berib, «Ularning hammasini shu hodisalarning o‘zidan qidirish 
kerak», - deb javob qaytaradilar.
Lokayata maktabi vakillari, hayotning murakkab shakllari uning oddiy shakllarining uzoq davom 
etgan evolyusiyasi tufayli vujudga keladi, deyishadi. Ularning fikricha, inson bir marta yashaydi. 
SHuning uchun u baxtli hayot kechirishga, o‘zining oqilona ehtiyoj va manfaatlarini qondirishga 
intilishi kerak. Bunday falsafiy qarashlar qadimgi Xitoyda ham vujudga keladi.
Qadimgi Hindiston kabi, qadimgi Xitoy ham Sharqda yirik o‘choqlardan biri bo‘lgan. 
Eramizdan 2000 yil ilgari bu erda ham dehqonchilik keng taraqqiy etib, sug‘orish ishlari ancha 
rivojlanadi. Bu erda ham metaldan, xususan, temirdan mehnat qurollari ishlab chiqarish avj oladi. 
Qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya ,hunarmandchilik, savdo-sotiqning ravnaqi turli bilmlarning 
rivojlanishi uchun keng yo‘l ochadi. Natijada, qadimgi Xitoyda, astronomiya, biologiya, tibbiyot, 
san’at va madaniyat sohalari katta yutuqlarga erishadi. Bu erda ham dastlabki falsafiy ta’limotlar 
paydo bo‘lib, ularda dunyo abadiy, u 5 unsur – olov, suv, er, daraxt va metalldan tashkil tapgan, 
degan qarashlar ilgari suriladi. Eramizdan oldingi XIX asrlarga kelib, Xitoyda daosizm falsafiy 
oqimi paydo buladi. Uning asoschisi Lao-Szi, birinchi Xitoy faylasufidir. Qadimgi Xitoyning 
ko‘zga ko‘ringan faylasuflaridan biri Lao-Szidir (VI-V asrlar). Uning ta’limotiga ko‘ra, olam, 
jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga bo‘ysunmog‘i lozim. Daosizm ta’limoti ana shu tariqa 
shakllangan. Dao qonuni — tabiatning yashash qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va 
uyg‘unligi abadiyligining e’tirof etilishidir. Bu qonunga ko‘ra, olamning asosini tashkil etuvchi 
«Si», ya’ni beshta unsur — olov, suv, havo, er va yog‘och yoki metall olamdagi barcha jismlar 
asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Lao-Szining ta’kidlashicha, 
olamda hech bir narsa doimiy va o‘zgarmas, harakatsiz holda bo‘lishi mumkin emas.
Daosizmga binoan, dunyodagi hamma narsa bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turadi. 
Qaramaqarshi kuchlar o‘rtasidagi kurash, ya’ni in va Yan orasidagi munosabat — bizni o‘rab 
turgan olamni harakatga keltiruvchi kuchlar manbaidir. In va YAn o‘rtasidagi kurash daoni 
anglatadi. Odamzod bu kurash jarayonida doimo yaxshilik tomonida turishi, o‘zini qurshab turgan 
tabiat va atrofdagi olamga mehr ko‘rsatishi lozim. Bo‘lmasa, Dao qonuni buziladi va bunday joyda 
baxtsizlik, fojia yuz beradi. Lao-Szi bu o‘rinda ekologik falokatni nazarda tutgan. «Kishilar Dao 
qonunini buzmasliklari kerak, aks holda tabiat ulardan albatta o‘ch oladi», degan edi Lao-Szi. Buni 
ekologik falokatlar avj olib borayotgan bugungi kun voqeligi ham tasdiqlaydi. U dunyo moddiy, 
u tabiiy qonunlar asosida to‘xtovsiz harakat va o‘zgarishda bo‘ladi, deydi. Lao-Szi o‘zi bu haqda 
shunday yozadi: «Ulug‘ dao hamma yoqqa qarab oqadi. U o‘ngga ham, so‘ngga ham yoyilgan. U 
tufayli jami mavjudod tug‘iladi, ular hamisha o‘zgarishda bo‘lib, bir joyda to‘xtab qolmaydi».
Daosizm falsafiy ta’limotiga ko‘ra dunyodagi hamma narsalar qarama-qarshiliklarning bir-
biriga bog‘liqligi asosida, bir-biriga zid holda aylanib, o‘tib turadi. Tabiatdagi go‘zallik va 
xunuklik, balandlik va pastlik, yaxshilik va yomonlik, borliq va yo‘g‘lik, uzunlik va qisqalik 
birbiriga o‘tadi, bir-birini tug‘diradi, bir-biriga bog‘liq. Tabiatdagi barcha hodisalar 
qaramaqarshiliklarni o‘z ichiga oladi. «In» va «Yan» qarama-qarshi kuchlar va tabiatning «5 
unsuri» haqidagi ta’limotni Szou Yan ishlab chiqadi.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin