“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: 
SHARQ FALSAFASI 
19 
2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI 
BOSQICHLARI: SHARQ FALSAFASI REJA: 
1.
Qadimgi Bobil, Misr,Hindiston va Markaziy Osiyo falsafiy tafakkuri.
2.
Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti.
3.
O‘rta asrlar Sharq Uyg‘onish davri mutafakkirlari (Forobiy, Ibn Sino va Beruniy)ning 
ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy ta’limotlari.
4.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg‘or falsafiy, ijtimoiy–siyosiy 
fikrlar
5.
XX-XX1 o‘zbek falsafasi
Tayanch tushunchalar.
Qadimgi Sharq falsafasi, Daosizm, Konfutsiy ta’limoti, Veda, Ramayana, 
Mahobhorat, Avesto, Zardo‘sht, Islom falsafasi, Abu Mansur Moturidiy, kubraviya, yassaviya, 
naqshbandiya tariqatlari, panteizm, Temuriylar davri falsafasi, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, 
shariat, tariqat, sezgi.
Qadimgi Bobil, Misr,Hindiston va Markaziy Osiyo falsafiy tafakkuri.
Oddiy
tasavvurga ko‘ra Quyosh Sharqdan chiqqani kabi, falsafiy qarashlarning paydo bo‘lishi ham qadimiy 
Sharq xalqlari taffakuriga borib taqaladi.Qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va madaniyati, ularning 
afsonaviy, diniy, axloqiy, siyosiy va huquqiy badiiy-estetik va falsafiy tasavvur va qarashlari, ularga 
xos mazmunlar haqidagi bilimlar antiq davr mualliflari asarlarida, arxeologik manbalarda, xalq 
og‘zaki ijodiyoti namunalari: afsonalar, dostonlar va rivoyatlarda aks etgan. Dastlabki falsafiy 
tasavvurlar va qarashlar Sharqning eng qadimgi mamlakatlaridan bo‘lgan Bobilda eramizdan oldin 
4-ming yillikning boshlarida paydo bo‘ladi. SHu davrlardayoq odamlarning dunyoda ro‘y berib 
turadigan xilma-xil hodisa va voqealarga bo‘lgan munosabatlarlari va qiziqishlarini, garchi hali sodda 
va yuzaki, ibtidoiy shaklda bo‘lsa-da, o‘zida aks ettirgan falsafiy qarashlar paydo bo‘la boshlagan. 
Buni biz qadimgi Bobil adabiyotining ko‘zga kuringan mashhur asarlaridan biri «Gelgamish haqida 
doston»da, undagi tuproq, suv, havo, issiqlik va sovuqlikning inson hayoti va tirikchiligining abadiy 
manbai ekanligi, Gelgamishning obihayot qidirib, boshidan kechirgan sarguzashtlari, chekkan azob-
uqibatlari, odamlarning tabiiy qonunlar asosida yashashlari zarurligi, kishilarning hayot va o‘lim 
sirlarini bilishga azaldan intilib kelishlari haqida qilingan hikoyalardan yaqqol bilib olamiz.
«Adona haqida doston»da esa insoniyat hayotida yaxshilik bilan yomonlik, ezgulik bilan yovuzlik 
boylik bilan qashshoqlik bir-biriga tubdan qarama-qarshi va zid ekanligi haqidagi fikrlar ifodalangan. 
«Jafokash avliyo haqida doston», «Xo‘jayinning quli bilan suhbati» kabi asarlarda biz buning yaqqol 
guvohi bo‘lamiz. Eslab o‘tilgan birinchi dostonda baxt va baxtizlik, adolat va adolatsizlik haqida, 
ularning sabablari va bartaraf etish usulari hamda yo‘llari xususida dastlabki falsafiy tasavvurlar va 
g‘oyalar bayon etilgan.
Jamiyat ishlab chiqarishi o‘rtaga qo‘ygan talablar, inson amaliy faoliyati tug‘dirgan ehtiyojlar 
asosida Bobilda tabiat hodisalari haqida, ularning mazmunini tushunib olib, ulardan turmushda 
foydalanish zarurati, mahsulot va narsalarning miqdorini aniqlash, og‘irligi va uzunligini o‘lchash, 
ishchi kuchlarning samarasini belgilash, binolar hajmini topish dalalarning er satxini hisoblab chiqish 
zarurati dastlabki arifmetik va geometrik bilimlarning paydo bo‘lishini taqozo etadi. Bu narsa o‘sha 
davrlardayoq taqvimning paydo bo‘lishiga olib kelgan va odamlardan astronomiya sohasida ma’lum 
bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Shu asosda Bobilliklar quyosh soati, Quyosh ko‘rsatgichi va 
uning 12 bo‘lakka bo‘linishini azaldan bilishgan. Antik davr ma’lumotlariga ko‘ra, Bobilda 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin