“ Ijtimoiy fanlar


) Bilvosita deduktiv xulosa chiqarish



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

2) Bilvosita deduktiv xulosa chiqarish. 
Birdan ortiq asosdan yangi fikrni hosil qilish mantiqiy 
uslubi bilvosita xulosa chiqarish, deb yuritiladi. Bilvosita xulosa chiqarish jarayonida inson fikri 
umumiylikdan yakkalikka, yakkalikdan umumiylikka, juz’iylikdan juz’iylikka qarab borishi 
mumkin, Shunga ko’ra xulosa chiqarish uch yo’lda amalga oshiriladi:
1.
Deduktiv xulosa chiqarish. Bunda inson fikri umumiylikdan yakkalikka qarab boradi.
2.
Induktiv xulosa chiqarish. Bunda inson fikri yakkalik, juz’iylikdan umumiylikka qarab boradi.
3.
Analogiya vositasida xulosa chiqarish. Bunda inson fikri juz’iylikdan juz’iylikka qarab boradi.
Bilvosita xulosa chiqarishning muhim turlaridan biri — 
deduktiv xulosa chiqarish 
hisoblanadi. Deduktiv xulosa fikrimizning umumiylikdan yakkalikka qarab borishi natijasida 
hosil qilinadi. Deduktiv xulosa chiqarish nazariyasi buyuk yunon faylasufi Arastu (384-322) 
tomonidan ishlab chiqilgan. Aristotel qalamiga mansub «Birinchi analitika», «Ikkinchi 
analitika» kitoblarida sillogizm ta’limoti asoslab berilgan.
Bilvosita deduktiv xulosa chiqarishning eng keng tarqalgan turi 
sillogizm 
hisoblanadi. Sillogizm 
grekcha “syllogismos” so’zidan olingan bo’lib, sanash orqali xulosa chiqarish, degan ma’noni 
ifodalaydi.
Ikki qat’iy hukmning bog’lanishi asosida chiqarilgan xulosa sodda qat’iy sillogizm, deb yuritiladi. 
Sodda qat’iy sillogizm 3 qismdan iborat bo’ladi: 
a) katta asos; b) kichik asos; v) xulosa. 
Sodda qat’iy sillogizm quyidagi shaklda yoziladi:
Mustaqil davlat o’z konstitusiyasiga ega.
O’zbekiston — mustaqil davlat.


11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH 
164
-----------------------------------------------------------
Demak, O’zbekiston o’z konstitutsiyasiga ega.
Berilgan misoldagi birinchi fikr («Mustaqil davlat o’z konstitusiyasiga ega») — katta asos. Unda 
umumiy fikr ifodalangan. Ikkinchi fikr («O’zbekiston — mustaqil davlat») — kichik asos. 
Uchinchisi — asoslardan kelib chiqqan xulosa («Demak, O’zbekiston o’z konstitutsiyasiga ega»).
Sodda qat’iy sillogizmda 3 termin mavjud. Bu terminlar katta asosni kichik asosga bog’lash 
oroqali yangi fikr (sillogizm xulosasi) ni chiqarish imkonini beradi.
Bular: Katta termin - R
Kichik termin - S
O’rta termin - M
Katta (R), o’rta (M), kichik termin (S) sillogizm xulosasining tarkibiy qismlaridir. Katta termin 
(R) deb sillogizmda katta asos tarkibiga kiruvchi va xulosada predikat vazifasini bajaruvchi 
terming aytiladi. Kichik termin (S) deb sillogizmda kichik asos tarkibiga kiruvchi va xulosa 
sub’ekt bo’lib keluvchi terminga aytiladi. O’rta termin (M) deb sillogizmda katta asosni kichik 
asosga bog’lovchi, biroq xulosada ishtirok etmaydigan terming aytiladi. Sodda - qat’iy 
sillogizmning tarkibini quyidagicha ifodalash mumkin:
Katta asos: Barcha davlatlar o’z iqtisodiyotining taraqqiy ettirishdan manfatdor.
Kichik asos: O’zbekiston — davlat.
Xulosa: Demak, O’zbekiston o’z iqtisodiyotini taraqqiy ettirishdan manfaatdor.
Mazkur sodda qat’iy sillogizmni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
Barcha M — R dir. S — M dir.
Demak, S — R dir.
Sillogizm xulosasi:
a)
katta asosdan boshlanlan taqdirda fikr umumiylikdan yakkalikka qarab boradi. XVII - XIX 
asr ziyolilari ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari surdilar
Avaz O’tar o’g’li — XIX asr ziyolisi.
Demak, Avaz O’tar ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari surdi.
b)
kichik asosdan boshlansa, fikr yakkalikdan umumiylikka qarab boradi. Masalan: Suv — 
jism
Jism — ximiyaviy elementlardan tarkib topgan. Demak, 
suv ximiyaviy elementlardan tarkib topgan.
v) Ayrim o’rinlarda fikr yakkalikdan juz’iylikka qarab borishi orqali xulosa chiqarish mumkin. 
Masalan:
Baliq jabra bilan nafas oladi.
Baliq — hayvon.
Demak, ayrim hayvonlar jabra bilan nafas oladi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin