“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

12-MAVZU. ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI 
173 
ma’lumki, moddiy predmetlar tarkibsiz (uni tashkil qiluvchi elementlar va ularning o‘zaro 
aloqasisiz) mavjud emas. Demak, “Materiya xarakatsiz mavjud”, degan fikr xato, shu tarika 
“Materiya xara-katsiz mavjud emas”, degan fikrning chinlish asoslanadi. Ayiruvchi isbotlashda 
tezis sof ayiruvchi xukmning (kuchli diz’yunksiyaning) bir a’zosi bulib, uning chinligi boshka 
a’zolarining (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orkali asoslanadi. Masalan, “Jinoyatni yo A, yo 
V, yo S shaxslar sodir etgan”, degan fikr tekshirilib, “Jinoyatni V shaxs xam, S shaxsxam sodir 
etmagan”ligi aniqlanadi va shu tarika “Jinoyatni A shaxs sodir kilgan”, degan xukmning chinligi 
asoslanadi. Bu misolda ayiruvchi isbotlash ayiruvchi - qatiy sillogizmning inkor etib, tasdiklovchi 
modusi buyicha qurilgan:
Raddiya - isbotni buzishga qaratilgan mantikly amaldir. Birorta fikrning chinligini rad etish ayni 
paytda unga zid bulgan fikrning xatoligi ko‘rsatishdan iborat bo‘lganligi uchun raddiyani 
isbotlashning xususiy 
ko‘rinishi, 
deb hisoblash mumkin. Raddiya ham isbotlash kabi tezis (rad 
qilinishi lozim bulgan hukm), argumentlar (tezisni rad qiluvchi xukmlar) va demonstratsiyadan 
(rad etish usuli) dan tashkil topgan bo‘ladi. Raddiya birorta masalani muhokama qilish, ya’ni baxs, 
munozara jarayonida uchraydi. Bahs qatnashchilaridan biri malum bir tezisni ilgari surib, uni 
ximoya kilsa (proponent), boshqasi unga qarshi chikadi (opponent). Hal qilinmagan, munozarali 
masalalar buyicha olib boriladigan bahslar polemika hisoblanib, unda qarama-karshi tezislar 
asoslanibgina qolmay, balki tanqidiy analiz ham qilinadi.
Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi:
1) tezisni rad etish; 2) 
argumentlarni rad etish; 3) 
demonstratsiyani rad etish. 
I. 
Tezisni rad etish. 
Tezisni rad etishning kuyidagi usullari mavjud:
1.
Faktlar orkali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. Bunda bulib o‘tgan 
voqealarga, statistik ma’lumotlarga asoslanib tezis rad etiladi. Masalan, “Sovet davrida 
O‘zbekiston to‘laqonli mustaqil respublika bo‘lgan”, degan tezisni rad etish, ya’ni uning noto‘g‘ri 
ekanligini isbotlash uchun tarixiy faktlarga asoslanamiz. O‘sha davrda respublika rahbariyati 
birorta muhim masalan Moskvaning ruxsatisiz hal qila olmaganligiga dalillar keltirib, tezisni rad 
etamiz.
2.
Tezisdan kelib chikadigan natijalarning xatoligini (yoki ziddiyatli ekanligini) ko‘rsatish 
orkali rad etish. Bunda tezisdan kelib chikadigan natijalarning chin emasligi asoslab beriladi. Bu 
usul
“bema’nilikka olib kelish”, deb ataladi. Rad etilayotgan tezis vaqtincha chin deb tan olinadi, undan 
kelib chiqadigan natijalar aniqlanib
 , 
bu natijalarning xaqiqatga zid, noto‘g‘ri ekanligi isbotlanadi. 
Chin asosdan xato natija kelib
chiqmaydi, aks xolda bu bema’nilik buladi. “Bema’nilikka olib kelish” usulining formulasi 
kuyidagicha:
(a —> ) —> ((a 
—\ 
) —> a)
3.
Tezisni antitezisni isbotlash orkali rad etish. Rad etilayotgan tezisga zid bulgan yangi tezis 
(antitezis) olinadi va isbotlanadi. Uchinchisi istisno konuniga muvofik, antitezisning chinligidan 
tezisning xatoligi keltirib chikariladi. Masalan, I.A.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” 
nomli maqolasida “Amir Temur buyuk sarkarda bo‘lgan va yovuzliklar kilgan”, degan tezisni 
shunday rad etadi: “Inson bir paytning o‘zida ham bunyodkor, ham yovuz bo‘lishi mumkin emas. 
Ne-ne madrasayu masjidlar, oily koshonalarni qurgan, ne-ne olimu fuzalolarning boshini silagan, 
Qur’oni karimni yod bilgan inson yovuz bo’lmaydi. Qonxo‘r odam “Kuch – adolatda”, deyishi 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin