“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

12-MAVZU. ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI 
172 
vа ishоnish muhim o’rin tutаdi. Аrgumеntlаsh (dаlillаsh, аsоslаsh) shunday mаntiqiy usulki, uning 
nаtijаsidа muаyyan fikr, qаrаsh, nаzаriyaning chinligi yoki xаtоligi аsоslаb bеrilаdi.
Isbоtlаsh, yuqоridа tа’kidlаb o’tgаnimizdеk, аrgumеntlаshning eng оddiy mаntiqiy usuli 
hisoblаnаdi.
 
Isbotlash va uning tarkibi. isbotlash turlari. 
Kishilarning amaliy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ular qo‘llayotgan bilimlarning kay darajada chin 
bulishiga, ya’ni bu bilimlarning voqelikni qanchalik to‘g‘ri aks ettirishiga bog‘liq. Xato fikrlar 
predmetlarning real aloqalari va munosabatlarini buzib ko‘rsatadi, bilishda ko’p chalkashliklarga 
olib keladi. Shuning uchun ham bilish jarayonida xar bir fikrni to‘g‘ri qurishga erishish, uning 
chinligini dalillar bilan ko‘rsata olish, xato fikrlarni esa rad kila bilish muhim ahamiyatga ega. 
Fikrning chinligini tasdiqlash uchun uni xodisaning (faktning) o‘zi bilan solishtirish mumkin. 
Lekin ko‘p hollarda bilish jarayonida natijalarning chinligi ularni ilgari vujudga kelgan bilimlar 
bilan bog‘lash orqali aniqlanadi. Buni amalga oshirishning mantiqiy usuli isbotlaщdir. Isbotlash 
bir xukmning chinligini u bilan bog‘langan boshqa chin xukmlar yordamida asoslashdan iborat 
bo‘lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar 
(asoslar), isbotlash usuli - demonstratsiya.
Tezis - chinligi asoslanishi lozim bulgan xukm, u isbotlashning markaziy figurasi xisoblanadi; 
butun diqqat-e’tibor uning chinligini ko‘rsatishga karatiladi. Tezis bir muloxazaning o‘zidan, yoki 
muloxazalar tizimidan, yoki teoremalardan, yoki aniq, faktlarni umumlashtirish natijalaridan, yoki 
xodisalarning sababini ko‘rsatuvchi muloxazalardan va shu kabilardan iborat buladi.
Argumentlar - tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan xukmlar. Argumentlar bulib faktlarni 
qayd qiluvchi xukmlar, ta’riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar xamda boshka empirik va 
nazariy umumlashmalar xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, o‘zaro 
bog‘langan va tezisning moxiyatiga aloqador bo‘lishi lozim. Ta’riflar xam chin xukmlar bulib, 
ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. Masalan, “Harakat – bu har kanday o‘zgarishdan 
iborat”, degan ta’rif chin xukmdir. Aksiomalar chinligi o‘z-o‘zidan ravshan bo‘lgan, isbotlashni 
talab qilmaydigan fikrlardir. Inson tajribasida ko‘p martalab takrorlanganligi uchun xam ularni 
isbotlash zarur emas. Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo‘ladi, ularni xech 
ikkilanmasdan argument qilib olish mumkin. Isbotlash usuli - demonstratsiya tezis bilan 
argumentlar o‘rtasidagi mantikdy aloqadan iborat. U xulosa chikarish shaklida buladi, ya’ni tezis 
argumentlardan xulosa sifatida mantiqdan keltirib chikariladi. Isbotlashning ikki turi mavjud: 
bevosita isbotlash, bavosita isbotlash. Bevosita isbotlashda tezisning chinligi to‘g‘ridanto‘g‘ri 
argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bulgan xukmlardan foydalanilmaydi. Tezis ko‘p 
xollarda yakka xodisani ifoda kilib keladi va ma’lum bir umumiy bilimdan, masalan, qonundan 
argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi.
Masalan, “O’zbekiston - mustaqil davlatdir”, degan xukm (tezis)ning chinligi “O’zbekistonning 
mustaqil davlat deb, e’lon qilinishi, uning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi” kabi asoslar 
yordamida isbotlanadi.
Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bo’lgan xukmning (antitezisning) xatoligini 
ko‘rsatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo‘lishiga qarab apagogik 
isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi.
Apagogik isbotlashda tezis (a) va antitezis (a) o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi. Masalan,
“Materiya xarakatsiz mavjud emas”, degan xukmning chinligini asoslash uchun unga zid bulgan 
“Materiya harakatsiz mavjud”, degan xukm olinadi. Apagogik isbotlashda antitezis topilib 
(1bosqich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va undan ma’lum bir natijalar keltirib chiqariladi 
(2bosqich), so‘ngra bu natijalarning xatoligi kursatiladi (3-bosqich) va demak, tezisning chinligi 
isbotlanadi. Masalan, “Materiya harakatsiz mavjud”, degan xukm chin bulsa, “Moddiy predmetlar 
strukturasiz mavjud”, degan fikr (antitezisdan kelib chiqqan natija) ham chin buladi. Bizga 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin