“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 
184 
GEDONIZM 
– (yunon. 
hedone
– huzur–halovat, rohatlanish) etika nazariyasidagi axloqiy 
talablarni asoslash tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra huzur-halovat keltiruvchi va azob uqubatdan 
qutqazuvchi narsa 
yaxshilik
deb, azob–uqubat keltiruvchi narsa esa 
yomonlik
deb ta’rif qilinadi. 
Nazariy G. etikadagi naturalizmning bir ko‘rinishidir. Insonga tabiat tomonidan jo qilingan va 
uning butun ish amalini belgilaydigan, bosh harakatlantiruvchi ibtido – huzur-halovatdan iborat 
degan tasavvur G.ning asosini tashkil etadi. Huzur–halovatga erishish maqsadi birdan–bir ishtiyoq 
va shu bilan birga axloqiy talab, deb e’lon qilinadi.
G. axloq–odob tamoyili sifatida kishilarga dunyoning shod xurramliklariga, o‘zlari va 
boshqalar uchun yuksak rohat–farog‘at olishga intilishni buyuradi. Gedonizm qadim zamondayoq 
paydo bo‘lgan. Gretsiyada Aristipp etikasining muxlislari bo‘lgan va huzur– halovatni oliy saodat 
deb hisoblagan kishilar gedoniklar deb atalgan. G. Epikur nazariyasida eng rivojlangan nuqtasiga 
erishgan. G. g‘oyalari Mill va Betnam utilitarizmida markaziy o‘rinni egallagan. Hozirgi zamon 
nazariyalarida Gedonizm odatda faqat uslubiy tamoyil – yaxshilikni ta’riflash usuli sifatida 
mavjuddir.
G. ta’limoti insoniyatning ilk davrlaridan boshlaboq hozirgacha etib kelgan ta’limotlardan 
biri sifatida yaxshi sharoitlarda yashash, zeb-ziynatlarga burkanish, huzur - halovatga intilishni 
targ‘ib etib keldi. Negaki inson tabiatan huzur-halovatga intiladi. Ammo har bir narsada me’yor 
bo‘lgani kabi inson huzur-halovatida ham me’yorga rioya qilish zarur. Inson o‘z hayotida 
me’yorlarga qat’iy asoslanib yashashi bilan o‘zligini yo‘qotmaydi. Beruniy ayganidek, “Inson 
hayotida lazzat me’yorining buzilishi uni halokatga etaklaydi”.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin