” kafedrasi 5111018 “KT: Informatika va at”


ADO, DataAccess, DataControl komponentalari va undan foydalanish



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə11/13
tarix20.06.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#61868
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Delphida baza bilan ishlash

2.2 ADO, DataAccess, DataControl komponentalari va undan foydalanish
TADOTABLE ob’ekti ham xuddi TTABLE ob’ekti kabi ma’lumotlar omboridagi biror jadvalga bog`lanish va unga murojaat qilish uchun xizmat qiladi. Bu ob’ektdan asosan MSAccess ma’lumotlar omborini boshqarish tizimida yaratilgan omborlar bilan ishlashga mo’ljallangan. Bu ob’ekt asosan TADOconnection ob’ekti bilan birga qo’llanilib, TADOconnection ma’lumotlar omboriga ulanadi. Shundan so’ng bir yoki bir nechta TAdotable ob’ektlari Connection xususiyati yordamida TADOconnectionga ulanadi va TableName xususiyati yordamida kerakli jadvalga ulanadi. Ob’ektni faollashtirish uchun Active xususiyati qiymatini true ga o’tkazish kerak. Bu ob’ekt yordamida ma’lumotlar omboridan ma’lumotlarni biror filtr yordamida ajratib olish mumkin.
Data Controls- (ma’lumotlar bilan bog`liq elementlarni boshqarish) sahifasida asosan vizual komponentalar bo’lib ularga ma’lumotlar bilan bog`liq komponentalar deyiladi.
DBGrid – ma’lumotlar omboridagi yozuvlarni jadval ko’rinishida chiqarish. Jadvalni namoish etish komponentasi bo’lib hisoblanadi.TDBGRID ob’ekti ma’lumotlar omboridagi hisobotlar, jadvollar va so’rovlardagi ma’lumotlarni jadval ko’rinishida namoyish etish uchun qo’llanadi. Bu ob’ekt yordamida ma’lumotlar omboridagi yozuvlarni namoyish qilish, tahrirlash va o’zgartirish mumkin. Kiritilgan o’zgartirishlar joriy yozuv ustida boradi va bu o’zgarishlar faqat siz boshqa yozuvga o’tganingizda, yoki dasturni yopganingizda saqlab qolinadi. TDBGRID ob’ekti bevosita Datasource xususiyati yordamida TDatasource ob’ektga bog`lanadi va shu orqali ma’lumotlarni namoyish etadi.
DBText – ma’lumotlar omboridagi matnli maydon ma’lumotlarini chiqarish. Ma’lumotlar omboridagi biror maydonni qiymatini namoyish etadigan komponenta.
DBEdit – ma’lumotlar omboridagi biror maydonni taxrirlash.
DBMemo – ma’lumotlar omboridagi memo tipidagi ma’lumotlarni taxrirlash.
DBImage – ma’lumotlar omborida joylangan OLE tipidagi tasvirlarni o’qish, yozish, o’zgartirish va ko’rsatish.
DBListBox – ma’lumotlar omboridagi ma’lumotlarni (bittasini tanlab) ro’yxat shaklida listga chiqarish.
DBNavigator – ma’lumotlar omboridagi yozuvlarni taxrirlovchi komponent. Unda yangi so’z qo’shish, o’zgartirish, o’chirish va boshqa bir nechta ishlarni qilish mumkin. Bu komponenta orqali jadvaldagi ma’lumotlar boshqariladi.TDBNavigator (QDBCtrls) ob’ekti dasturda TDBGRID yoki TDBEDIT komponentlai orqali ma’lumotlar ombori yozuvlariga murojaat qilinayotga vaqtda qo’llaniladi. TDBNavigator foydalanuvchiga ma’lumotlar omboridagi yozuvlarni tahrirlash yoki ko’rib chiqishda qo’l keladi. Foydalanuvchi TDBNavigator tugmalardan birini bosganda sha tugma bilan bog`langan amal dasturda bajariladi. Masalan, foydalanuvchi Insert tugmasini bosganda ma’lumotlar jadvalida bitta bo’sh qator hosil bo’ladi.
TDBNavigator tugmalari va ular bajaradigan amallar


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin