1-rasm. STUDENT faylidagi yozuvlar mantiqiy tuzilishini tavsifi
Har bir MB jadvali o’zining birlamchi kalitiga ega bo’lishi mumkin. Birlamchi kalit deganda yozuvlar qaytarilmasligini ta’minlovchi maydon (polya) yoki maydonlar guruxi tushiniladi. Birlamchi kalit sifatida ishlatiladigan maydon yoki maydonlar guruxi, bir xil yozuvga ega bo’lmaslik shartini bajarishi kerak. Masalan, yuqorida keltirilgan 1-rasmdagi jadvaldagi maydonlardan faqat reyting daftarchasi nomeri birlamchi kalit bo’la oladi. Boshqa maydonlarida bir xil yozuvlar takrorlanishi mumkin. Shu sabab ular birlamchi kalit bo’laolmaydi. Birlamchi kalit qisqa va sonli maydonlardan tashkil topishi maqsadga muvofiqdir. MB jadvaliga birlamchi kalitni kiritishdan maqsad, jadvaldagi ma’lumotlarni izlash, tartiblashtirish va tanlab olishda qulaylikni beradi. Birlamchi kalit kiritish yoki kiritmaslik foydalanuvchi tamonidan MB jadvali strukturasini tashkil qilishda aniqlanadi.
M a ‘ l u m o t l a r b a z a s i n i b o sh q a r i sh t i z i m i – bu ma’lumotlar bazasini yaratish, ularni dolzarb holatini ta’minlash va undagi zarur axborotni topish ishlarini tashkil etish uchun mo’ljallangan dasturlar majmui va til vositasidir.