I BOB. Ma`lumotlar bazasi haqida M a ‘ l u m o t l a r b a z a s i – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid tizim lastirilgan(strukturalashtirilgan) ma’lumotlarning nomlangan to’plamidir. MB - bu ma’lum berilgan aniq bir strukturaga ega bo’lgan ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi maxsus formatga ega bo’lgan fayldir. Ma’lumotlarni strukturalashtirish - bu shunchaki ma’lumotlarni tasvirlashda qandaydir moslikni kiritish usulidir. Odatda MB ma’lum bir ob’ekt sohasini ifodalaydi va uning ma’lumotlarni o’z ichiga oladi, ularni saqlaydi va foydalanuvchiga ma’lumotlarni qayta ishlashda undan foydalanish imkonini yaratib beradi.
Ma’lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl (jadval) kabi elementlar bilan chambarchas bog`liq.
Maydon-bu ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etishni elementar birligi bo’lib, u axborotni eng kichik va bo’linmas birligi bo’lgan rekvizitga mos keladi. Maydonni tasvirlash uchun quyidagi tavsiflardan foydalaniladi:
Maydon nomi, masalan, familiyasi, ismi, tug`ilgan sana, lavozimi, ish staji, mutaxassisligi.
Maydon turi, masalan, son (chislovoy), simvol (simvolnыy), sana / vaqt (data/vremya), mantiqiy (logicheskiy).
Maydon uzunligi (o’lchami), masalan, eng ko’p simvollar sig`imi;
Maydon aniqligi, (son tipidagi ma’lumotlar uchun) masalan, sonning o’nlik kasr qismini aks ettirish uchun o’nlik raqamdan to’rtta.
Yozuv –bu mantiqiy bog`langan maydonlar to’plami. Yozuv tuzilishi uchun uning tarkibiga kiruvchi maydonlar tarkibi va joylashishi ketma-ketligi bilan aniqlanib, ularni har biri ichida elementar yozuvlarning nusxasi deb ataladi. Yozuv ob’ektning biror bir elementi haqida to’liq ma’lumotni ifodalaydi.
Fayl (jadval) -bu bir xil tuzilmaga ega bo’lgan yozuvning nusxalar to’plamidir. U o’zicha har bir maydonda qiymatga ega.
Misol 1. STUDENT faylidagi (jadvalidagi) yozuvlarning mantiqiy strukturasini tavsiflashga doir misol 4-rasmda ko’rsatilgan. Bu faylga 2-rasmda ko’rsatilga ma’lumotlar joylashtirilgan. STUDENT faylidagi yozuvning tuzilishi chiziqli bo’lib, u o’zgarmas uzunlikdagi yozuvlardan iborat. Yozuv maydonlari takrorlanuvchi qiymatlar guruhiga ega emas. Maydon qiymatiga murojaat uning nomeri bo’yicha amalga oshiriladi.