1.2 Ma’lumotlarning relyastion bazasi - bu o’zaro bog`langan munosabatlar, ya’ni jadvallar to’plamidir. Har qanday munosabat (jadval) kompyuterlarning xotirasida fayl ko’rinishda joylashtiriladi. Ularning orasida quyidagi moslik mavjud:
Fayl
Jadval
Munosabat
Mazmuni
Yozuv
Maydon
Satr
Ustun
kortej
atribut
mazmunning nusxasi
atribut
Jadval hamma uchun juda qulay bo’lishi bilan bir qatorda ma’lumotlarni manipulyastiya qilishning asosiy uch operastiyasini bajarish uchun noqulaydir:, ya’ni tartiblash, indekslarning qiymatlari bo’yicha guruhlash va daraxt ko’rinishidagi parametrlar bilan ishlash.
Ma’lumotlarning relyastion bazasidagi munosabatlar ustida bajariladigan asosiy operastiyalar sakkizta bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
-to’plamlar ustidagi ananaviy (tradistion) operastiyalar, ya’ni to’plamlarning birlashmasi (yig`indisi), kesishmasi (ko’paytmasi), to’ldiruvchisi (ayirmasi), dekart ko’paytmasi, bo’lishmasi;
-maxsus relyastion operastiyalar, ya’ni proekstiyalash, bog`lanish (qo’shilish), birlashtirish (ulab qo’yish) va tanlash.
Agar MBda ishtirok etadigan jadvallar o’zaro bog’langan bo’lsa, bunday MB ni relatsion turdagi MB deb atash qabul qilingan. Bunda jadvallarni o’zaro bog’lash uchun umumiy xususiyatga ega bo’lgan unikal maydon tushunchasi kiritilgan ushbu tushuncha bazan MBning kalitli maydoni deb ham ataladi. Jadvalning bunday bog’lanishi bog’lanish sxemasi deyiladi. MB doimo o’zgarib turadi: unga yangi yozuvlar, borlariga esa yangi elementlar qo’shiladi. Relatsion ma`lumotlar bazasi quyidagi parametrlar bilan baholanadi.
1.Soddalik 4. Maxfiylik.
2. Moslanuvchanlik. 5.Bog’liqlik.
3. Aniqlilik. 6.Bog’liqsizlik.