” kafedrasi 5111018 “KT: Informatika va at”


Ma’lumotlar bazasi jadvallari orasidagi relyastion bog`lanish



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə7/13
tarix20.06.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#61868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Delphida baza bilan ishlash

Ma’lumotlar bazasi jadvallari orasidagi relyastion bog`lanish. MBing ikki va undan ortiq jadvallari orasida biri ikkinchisiga bog`liq bo’lishi mumkin. Agar ikkinchi jadval birinchi jadvalga qaram bo’lsa birinchi jadvalga bosh jadval, ikkinchi jadvalga esa qaram jadval deyiladi. Bosh jadvaldagi bitta yozuvga qaram jadvalda unga mos bir necha yozuv mavjud bo’lishi mumkin.
MB jadvallari orasida uchta har xil aloqa bo’lishi mumkin: “bitta-ko’pga”; “bitta-bittaga”; “ko’p-ko’pga”.
Bitta-bittaga” bog`lanish. “Bitta-bittaga” bog`lanish bo’ladi, qachonki bosh jadvaldagi bitta yozuv qaram jadvaldagi faqat bitta yozuvga aloqasi bo’lsa. Misol. “O’qituvchilar” jadvali “O’qituvchilar haqida ma’lumotnoma” jadvali



F.I.O.

Lavozimi

Kafedra






Tug`il.yili.

bolasi

1

Jalolov O.

Dostent

Matematika




1

1981

3

2

Hayotov X.

Katta o’qit.

Informatika




2

1982

1

3

RustamovA.

Assistent

Fizika




3

1988

2

“Birga-bir” bog`lanish qattiq yoki yumshoq bo’lishi mumkin. Agar bosh jadvaldagi bitta yozuvga qaram jadvaldan hamma vaqt faqat bitta yozuv to’g`ri kelsa qattiq bog`lanish bo’ladi. Agar bosh jadvaldagi bitta yozuvga qaram jadvalda bitta yozuv bo’lish yoki bo’lmaslik sharti bo’lsa u holda bog`lanish yumshoq bo’ladi. Bugungi kunda bir necha yuz ming tashkilotlar ma’lumotlar bazasi tizimidan foydalanishadi, bu shunday jarayonki, kompyuterlashtirish tizimida ma’lumotlarniyozish va saqlash demakdir.
“Bitta-ko’pga” bog`lanish. “Bitta-ko’pga” bog`lanish bo’ladi, qachonki bosh jadvaldagi bitta yozuv qaram jadvaldagi bir necha yozuvga aloqasi bo’lsa.
Misol. “Fakultetlar” jadvali “Studentlar”jadvali



Fakultetlar nomi

Talabalar soni




Yuqori ball olgan talabalar

Fakul. nomeri

Ball

1

Fizika-matematika

500




Sirojov P.

1

100

2

Sport_fak

700




Raxmonqulov M.

1

95

3

Pedagogika

1000




Turayeva M.

1

93

4

Harbiy_fak

600




Norova D.

2

100











Ibrohimov M.

2

97













Bozorov S.

4

98













Murodova Sh.

4

93

Relyastion MB uchun “bitta-ko’pga”bog`lanish holati eng ko’p ishlatiladi.
Ko’p-ko’pga” bog`lanish. “Ko’p-ko’pga” bog`lanish quyidagi hollarda bo’lishi mumkin.

  1. bosh jadvaldagi yozuvga qaram jadvalda bittadan ortiq yozuv to’g`ri kelsa.

  2. qaram jadvaldagi yozuvga bosh jadvalda bittadan ortiq yozuv to’g`ri kelsa.


Guruh

Fan nomi

O’qit. nomeri




O’qit.
nomeri

O’qit.
I. F.

Kafedra
nomi

22-03

Programmalash

10




10

Sobirov

AT

4-02

Axborot texnologiyalari

10




12

Karimov R

Ximiya

3r-03

Mexanika

13




62

Ikramov

Tarix

7-02

Falsafa

62




78

Naimov T.

Fizika

18-03

Tarix

62




85

Zoirov S.

EI

Guruh

Fan nomi

O’qit. nomeri




O’qit.
nomeri

O’qit.
I. F.

Kafedra
nomi

22-03

Programmalash

10




10

Sobirov

AT

4-02

Axborot texnologiyalari

10




12

Karimov R

Ximiya

3r-03

Mexanika

13




62

Ikramov

Tarix

7-02

Falsafa

62




78

Naimov T.

Fizika

18-03

Tarix

62




85

Zoirov S.

EI
Misol. “Guruhlar va predmetlar” jadvali “O’qituvchilar” jadvali
1.3.SQL so’rovlar tili va uning buyruqlari -SQL (Structured Query Language) tili
strukturalashgan so’rov tili deyilib, u ma’lumotlar bazasi bilan a’loqa o’rnatish uchun xizmat qiladi. SQL tili 70 yillar oxirida IBM firmasi tomonidan Sytem r nomli ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining tajribaviy loyihasini ishlab chiqish doirasida yaratildi. Keyinchalik IBM firmasi tomonidan Sytem r ga yaqin bo’lgan yana ikkita sistema - SQL/DS i DB2 sistemalari ishlab chiqildi. Bu tilning xalqoro standarti 1986 yili ishlab chiqildi va u 1989 yilga kelib yanada kengaytirildi, lekin uning to’liq xalqaro standarti 1992 yil qabul qilindi. 1995 yilga kelib SQL92 standarti yangi komponentalar bilan to’ldirildi. Birinchi bo’lib SQL dan foydalanish Oracle MBBTda ishlatildi. Hozirgi kunda ko’pgina ishlab chiqilgan relyastion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) SQL92 standartini ishlatmoqda.
SQL quyidagi komponentalarni o’z ichiga oladi:
-adminstrativ ma’lumotlar vositasi;
-tranzakstiyalar balan boshqarish vositasi;
-DLL (Data Definition Language) ma’lumotlarni aniqlash tili;
-DML (Data Manipulation Language) ma’lumotlar ustida manipulyastiya qilish (murakkab harakatlar bajarish) tili;
-DQL (Data Query Language) ma’lumotlar bazasiga so’rovlar tili.
So’rovlar tili - foydalanuvchi tamonidan berilgan kriteriyalar asosida kerakli ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasidan tanlab olishni tashkil etib beradi.
SQL- bu relyatsion bazalardagi ma’lumotlarni shakllantirish va ularni qo’llab-quvvatlash uchun maxsus yaratilgan tildir. SQL umum yo’nalishga mo’ljal- langan dasturiy til emas, lekin ayrim kuchli vositalar uning tarkibida mujas-samlashgan. Ma’lumotlarni aniqlash tili (DDL) – SQL tilining bu qismi ma’lumotlar bazasini yaratish, uning strukturasini o’zgartirish va unga ehtiyoj qolmaganda uni o’chirish imkonini beradi. Bu elementlar tarkibiga jadvallar, sxemalar, kataloglar, klasterlar va boshqalar kiritilishi mukin. Bu bo’limda konteynerli irarxiya to’g`risida fikr yuritilib, u yuqoridagi elementlarni bir-biri bilan bog`lab, ma’lumotlar bazasi elementlari yordamida bajariladigan buyruqlarni ko’rib chiqadi.
Ma’lumotlar bazasining jadvallari massiv ko’rinishida bo’lib, ular satr va ustunlardan iborat bo’ladi. Jadvalni SQL tilining CREATE TABLE ( jadvalni tuzish) buyrug`i bilan tuzish mumkin. Buyruqda har bir ustunning nomini va ma’lumot turini ko’rsatib o’tish kerak. Jadval tuzilgandan keyin uni to’ldirishga kirishish mumkin. Ma’lumotlarni kiritish - bu DML va DDL tilining vazifasiga kiradi. CREATE- bu buyruq SQL ob’ektining bir necha turlarini, shu bilan birga sxemalarni, domenlarni, jadvallar va tasavvurlarni yaratishi mumkin. CREATE SCHEMA (sxemani tuzish) operatori bilan sxemani tuzish, uning egasini aniqlash mumkin. Misol qilib bir operator ko’rinishini ko’rsatib o’tamiz:
CREATE SCHEMA SALES
AUTHORIZATION SALES_MGR
DEFAULT CHARACTER SET ASCII_FULL ;
CREATE DOMAIN (domen tuzish) operatori yordamida ustunda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarga cheklashlar qo’yiladi. Bu cheklashlar orqali domenda mavjud bo’lishi mumkin va mumkin bo’lmagan ob’ektlar belgilanadi. Sxema o’rnatilgandn keyin domenni tuzish mumkin. Misol:
CREATE DOMAIN AGE AS INTEGER
CHECK (AGE > 20) ;
Jadvallar CREATE TABLE operatori yordamida, tasavvur esa CREATE VIEW yordamida tuziladi. CREATE TABLE yordamida tuzilayotgan yangi jadval o’sha operatorning ustunida kerakli bo’lgan cheklashlar ham qo’yish mumkin. Ba’zi paytlarda cheklashlarni butun sxemaga ham qo’yish to’g`ri keladi. Bunday vaziyatlarda CREATE ASSERTION operator yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari yana CREATE CHARACTER SET, CREATE COLLATION va CREATE TRANSLATION operatorlari mavjud.
ALTER -jadval har doim ham siz uni tuzganingiz bo’yicha qolavermaydi. Siz uni ishlatishni boshlaganingizda u yerdagi kerak ma’lumotlarning hammasi ham ko’rinmasligi mumkin. Javdalni o’zgartirish, qo’shish yoki ustunni yo’qotish uchun ALTER TABLE (jadvalni o’zgartirish) buyrug`ini ishlatish mumkin.
DROP- ma’lumotlar bazasidan jadvalni yo’qotish juda oson. Bunda faqat biz DROP TABLE buyrug`ini ishlatishimiz mumkin. Buning natijasida shu jadvalning barcha ma’lumotlari o’chiriladi.
2. MB bilan ishlash uchun Delphi komponentlari.
Delphi dasturlash tilida ma`lumotlar bazasi bilan ishlaydigan komponentalar uch guruhga bo`linadi. Ular quyidagilar:
1 MB bilan ishlash uchun vizual bo’lmagan komponentalar. Vizual bo’lmagan komponentalar ilovalar bilan MB jadvalini bog`lashga xizmat qiladi. Bu komponentalar Data Access kompanentalar palitrasida joylashgan.
2 MB bilan ishlash uchun vizual komponentalar. Delphi vizual komponentalari ma’lumotlar to’plami yozuvlarini (masalan, komponenta TDBGrid) akslantirish uchun va foydalanuvchiga qulay interfeys yaratish uchun ishlatiladi. Bu komponentalir Data Controls komponentalar palitrasida joylashgan.
3 Hisobotlar tuzish uchun komponentalar. Bu komponentalar 20 dan ortiq bo’lib ular Qreport komponentalar politrasida joylashgan bo’lib, hisobotlarni tuzish uchun ishlatiladi.
MB tayyor ilovasi bilan ishlash uchun vositalarning umumiy tarkibi quyidagi sxemada keltirilgan

MB bilan ishlash uchun vizual bo’lmagan asosiy komponentlar haqida ma’lumotlar




Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin