• Основные стратегические варианты



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   169
Strategik marketing (1)

 
 
 
 
 
 
 


139 
 
7-BOB. YANGI TOVARLAR ISHLAB CHIQARISH YO‘LI BILAN 
RIVOJLANISH 
 
7.1 Innovatsiya tavakkalchiligini baholash 
Barcha yangi tovarlarning faqat 10 foizigina haqiqatdan ham yangi, original 
hisoblanadi va jahon miqyosida yangi tovarlar deb ataladi. Bunday yangi tovarlarni 
tayyorlash, ularni ishlab chiqarishni tashkil etish va bozorga olib chiqish katta 
xarajatlar sarflashni talab qiladi hamda tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘ladi. Bu esa 
kompaniyalar yangi tovarlar ishlab chiqishni aksari hollarda mavjud tovarlarni 
takomillashtirish va modifikatsiyalash bilan bog‘lashlariga asosiy sabab bo‘ladi. 
Yangi tovarlarni ishlab chiqish va bozorga kiritish innovatsion siyosat asosida, 
xususan, tovar innovatsiyasi jarayonining tamoyillari va usullari asosida amalga 
oshiriladi. 
Innovatsiya jarayoni o‘z ichiga quyidagi oltita bosqichni kiritadi:
1) yangi tovarlar haqidagi g‘oyalarni izlab topish;
2) g‘oyalarni tanlash;
3) yangi tovar g‘oyasini tijoratlashtirishni iqtisodiy tahlil qilish;
4) tovarni ishlab chiqish;
5) tovarni bozor sharoitlarda test va sinovdan o‘tkazish;
6) tovarni yangi bozorga kiritish. 
Tovar innovatsiyasi jarayoni 
yangi tovarlar haqidagi g‘oyalarni 
izlab 
topishdan boshlanadi. Korxonaning ichki va tashqi g‘oya manbalari tovarlar haqidagi 
g‘oyalar uchun baza vazifasini bajaradi. 
Tashqi g‘oyalar
qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: savdo korxonalari; 
xaridor va iste’molchilar; raqobatchilar; ko‘rgazma va yarmarkalar; turli xil nashrlar; 
ilmiy tadqiqot institutlari; ta’minotchilar; ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlarida 
ishlab chiqarilgan tovarlar; reklama agentliklari; xo‘jalik birlashmalari, vazirliklar va 
boshqa davlat organlari. 


140 
Ichki g‘oyalar
qatoriga esa quyidagilar mansub: marketing tadqiqotlari 
bo‘limlari; texnik va istiqbolli rivojlanish bo‘limlari; patent bo‘limlari; ishlab 
chiqarish bo‘limi; marketing bo‘limining barcha bo‘linmalari; xalqaro iqtisodiy 
hamkorlik bo‘limi; tovarni tayyorlash bo‘limi; g‘oyalarni izlab topish va rivojlantirish 
bo‘yicha doimiy yoki muvaqqat xodimlar guruhlari. 
Yangi tovarni rejalashtirish vazifasi
tovar siyosatining muqobil variantlarini 
qidirib topish va ishlab chiqish, ularning imkoniyatlari va xatarlarini asoslab 
berishdan iboratdir. Rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning natijalarini oshirish 
maqsadida tovar innovatsiyasining g‘oyalarni izlab topish yoki g‘oyalar olish 
bosqichi, g‘oyalarni baholash bosqichi va g‘oyalarni amalga oshirish bosqichi kabi 
asosiy muammolarga alohida e’tibor qaratish zarur. 
Yangi tovarni rejalashtirish uchun turli xil usullar qo‘llaniladi (7.1-jadval). 
YAngi tovar haqidagi g‘oyalarni izlab topish va ularni rivojlantirish uchun bozorni 
tadqiq etish ijodiy izlanish texnikasidan foydalaniladi. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin