tovar to‘g‘risidagi g‘oyalarni saralash va tanlash hisoblanadi. Agar g‘oyalar to‘plamini izlab topish va shakllantirish ularning hajmini
oshirishga qaratilgan bo‘lsa, g‘oyalarni tanlashdan maqsad to‘g‘ri kelmaydigan
qarorlarni aniqlash va ulardan voz kechishdan iborat bo‘ladi. Bunda g‘oyaning firma
maqsadlariga, uni amalga oshirish imkoniyatlari esa korxonaning resurslariga mos
kelishi inobatga olinadi.
Shu narsa aniqlanganki, qabul qilingan va real tovar ishlab chiqarishgacha etib
kelgan g‘oyalar vaqt o‘tishi bilan kamayadi, ularni izlab topish va tanlash uchun
sarflanuvchi xarajatlar esa oshib boradi(7.1-rasm). Rasmdan ko‘rinib turibdiki, 1968
yilda yangi tovar haqidagi 58 ta g‘oyadan faqat bittasigina tovar ishlab chiqarish va
uni bozorga olib chiqishda foydalanildi. 1981 yilda esa yangi tovar to‘g‘risida 7
tagina g‘oya to‘plangan bo‘lib, ulardan faqat bittasi muvaffaqiyatga erishgan.
G’oyalarni tanlash jarayoni ikki bosqichdan iborat:
1) g‘oyaning firma talablari va tamoyillariga mos kelishini tekshirish;
2) g‘oyaning bozor sharoitlaridagi imkoniyatlarini tekshirish.
G’oyalarni testdan o‘tkazish uchun quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llanishi
mumkin: bozor hajmi va salohiyati turlari va kattaligi; raqobatchilikdagi vaziyat;
g‘oyaning tadqiq etish va tayyorlashda amalgi oshirilishi; g‘oyani ishlab chiqarish
sohasida amalga oshirish imkoniyati, uning moliyaviy va marketing ta’minoti.
144
60
50
40
30
20
10
10
20
30
40
50
60
70
80
90
100
G’oyalarni tanlash
Iqtisodiy tahlil
Ishlab chiqish
Testdan o’tkazish
Bozorga chiqish
Vaqt xarajatlari, %
G’oyalar soni
12
7
3
2
1
5
4
1981
1968