• Основные стратегические варианты



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   169
Strategik marketing (1)

 
7.1-jadval 
Yangi tovarni rejalashtirish usullari
Rejalashtirish bosqichi 
Rejalashtirish usullari 
G’oyalarni izlab topish 
Bozorni tadqiq etish 
Ijodiy usullar 
G’oyalarni tanlash 
Baholash usullari
CHek-varaq 
Iqtisodiy tahlil 
Foydani taqqoslash 
Zararsizlikni baholash usuli 
Tavakkalchilikni tahlil qilish 
Tovarni ishlab chiqish (tayyorlash) 
Tovarni ishlab chiqish usullari
Tovar namunasini ishlab chiqish
Tovar markasini ishlab chiqish texnikasi 
Tovarni bozor sharoitlarida 
sinovdan o‘tkazish 
Tovarni testdan o‘tkazish usullari 
Bozorni testdan o‘tkazish usullari 
Bozorga olib kirish 
Tarmoqni rejalashtirish texnikasi 
Marketing vositalari
Bozorga olib kirishni nazorat qilish 
Xarajatlarni hisob-kitob qilish usuli 
Bozorni tadqiq etish 
 
Bu esa mashhur mutaxassislar va bir guruh insonlarning zakovati, ijodiy 
salohiyatiga asoslanadi. Bunda 
mantiqiy-sistematik usullar va intuitiv-ijodiy usullarni 


141 
ajratib ko‘rsatish mumkin. Tovar tavsifnomasi va xususiyatlari anketasi texnikasi, 
majburiy munosabatlar usuli va morfologik usullar eng tarqalgan mantiqiy-sistematik 
usullar hisoblanadi. 
Tovar tavsifnomasi va xususiyatlari anketasi texnikasi 
tovarni yaxshilash 
bo‘yicha ijodiy g‘oyalarni izlab topish uchun foydalaniladi. Ob’ektning (unga tovar 
ham mansub bo‘lishi mumkin) barcha xususiyatlari, belgi va tavsifnomalari 
umumlashtiriladi va yozma ko‘rinishda ifodalanadi. YAngi g‘oyani yaratish 
ob’ektning bir yoki bir nechta belgilarini o‘zgartirish yoki almashtirish va ularni 
kelgusida yangi xususiyatlar kombinatsiyasi ko‘rinishida birlashtirish yo‘li bilan 
amalga oshiriladi. 
Majburiy munosabatlar (birikuvlar) usuli
xususiyatlar anketasi texnikasiga 
biroz o‘xshab ketadi. G’oya avvaliga bir guruhga kirmagan predmetlar haqidagi 
bilimlarni o‘ylab chiqib umumlashtirish natijasi sifatida yuzaga keladi. Masalan, 
yozuv stoli, yozuv mashinasi va stol lampasi kabi alohida tovarlar xususiyatlarini 
tahlil qilish natijasida majburiy munosabatlar usuli yordamida quyidagi g‘oyalar 
topilishi mumkin: yozuv stoliga yozuv mashinasini o‘rnatib qo‘yish; stolning ustki 
qismini kartotekalar joylashtirish uchun moslashtirish; stol lampasini sharnirlar 
yordamida harakatlanuvchi lampaga almashtirish va hokazo. 
Xususiyatlar anketasi texnikasi va majburiy birikuvlar usuli mavjud tovarlar 
xususiyatlari kombinatsiyasiga asoslanishi sababli ulardan foydalanish imkoniyatlari 
cheklangan. Buning ustiga yangi g‘oyaning sifati ilgari foydalanilgan g‘oyalar 
sifatiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Morfologik uslub
tuzilish tahlili tamoyillariga asoslanadi. Ushbu uslubga 
asosan tovarning barcha muhim ko‘rsatkich hamda jihatlari alohida va birgalikda 
o‘rganiladi. U ob’ekt va hodisalarning to‘liq va qat’iy klassifikatsiyasi, ularning 
xususiyatlari va parametrlariga asosan yaratiladi. Bu esa g‘oya rivojlanishining turli 
ssenariylarini baholash va bu ssenariylarni taqqoslash yo‘li bilan tovarning kelajakda 
rivojlanishiga oid kompleks tasavvurga ega bo‘lishga imkon yaratadi. 
Asosida tizimni qismlarga ajratish va alohida qarorlar kombinatsiyasi yotgan 
mantiqiy-sistematik usullardan farqli ravishda, intuitiv-ijodiy usullar muammoni 


142 
to‘laligicha ko‘rib chiqish tamoyillariga asoslanadi. Bu turning eng taniqli usullari 
miya hujumi va sinektika hisoblanadi. 
Miya hujumi uslubi 
amerikalik reklama sohasidagi mutaxassis Aleks Osborn 
tomonidan 1953 yilda taklif qilingan. U muhokama qiluvchi guruh ishtirokchilarining 
u yoki bu g‘oya va uni hayotga tatbiq etish usullari to‘g‘risidagi ijodiy mulohazalari 
va erkin fikrlash assotsiatsiyasi tamoyillariga asoslanadi. Barcha ishtirokchilarning 
qizg‘in bahs-munozaralar yuritishi, o‘zaro ijobiy fikr-mulohazalar almashishi va 
kelgusida bahs-munozaralarni baholashi ushbu usulni amalga oshirishning o‘ziga xos 
jihatlaridir. Bu uslubni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi shartlarga 
amal qilish zarur: 

muhokamada 5 kishidan 15 kishigacha qatnashishi lozim;
 

majlis 15 daqiqadan 30 daqiqagacha davom etishi lozim;
 

majlisning barcha ishtirokchilari teng huquqli bo‘lishi lozim;
 

har qanday ko‘rinishdagi tanqid man qilinadi;
 

son sifatdan muhimroq bo‘ladi;
 

muammoning mavzusi majlis ishtirokchilariga majlis ochilishi arafasidagina 
ma’lum qilinadi;
 

g‘oyalar majlis tugagandan so‘ng uch kundan besh kungacha bo‘lgan 
muddat ichida baholanishi lozim.
 
Sinektika usuli
g‘oyalarni izlab topishning natijalarga boy usuli hisoblanadi. U 
V.Gordon tomonidan taklif qilingan bo‘lib, boshlang‘ich muammodan sistematik 
ravishda chetlashtirish tamoyillariga asoslanadi. CHetlashtirishga hayotning boshqa 
sohalari o‘xshashliklaridan foydalanish yo‘li bilan erishiladi. G’oyalarni sinektik 
izlab topish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 

muammoni o‘rganish; 

muammoni tahlil qilish va uni ekspertlarga izohlab berish; 

muammoni tushunishni testdan o‘tkazish; 

o‘z-o‘zidan qabul qilingan qarorlarni shakllantirish; 

rahbariyatning muammoni tushunishini baholash; 


143 

o‘xshashliklarning paydo bo‘lishi; 

muammo va unga o‘xshashliklar o‘rtasida aloqa o‘rnatilishi; 

muammoga o‘tish; 

qarorni tayyorlash. 
Sinektika usuli quyidagi shartlar bajarilganda amalga oshirilishi mumkin: 

muhokamada 5-7 kishi qatnashishi lozim; 

ishtirokchilarni mazkur usulga avvaldan o‘ratishni tashkil etish; 

majlis 90 daqiqadan 120 daqiqagacha davom etishi lozim; 

ayrim qadamlarni katta taxtada belgilab borish orqali oshkoralikni va 
oydinlikni ta’minlash. 
Intuitiv-ijodiy usullar qatoriga 
Delfi usulini 
ham kiritish mumkin
.
Keyingi bosqich bu 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin