Kommunikativ siyosat - 1) korxonaning istiqboldagi harakatlar kursi hamda
talabni shakllantirish, iste’molchilar ehtiyojini qondirish va foyda olish maqsadida
tovar va xizmatlarni bozorga olib kirish bo‘yicha samarali va barqaror faoliyatni
ta’minlovchi marketing tizimining barcha subektlari bilan o‘zaro harakatlarni tashkil
etish va kommunikativ vositalar (kommunikativ miks) majmuasidan foydalanish
strategiyasining mavjudli. 2) rag‘batlantirish majmuasini ishlab chiqish, ya’ni biznes
- hamkorliklarning o‘zaro aloqalari samarali bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha, tadbirlar,
reklamani tashkil etish, savdoni rag‘batlantirish usullari, jamoatchilik bilan aloqa va
shu kabilar.
Konglomerat diversifikasiya - firma assortimentini na firmada kullanayotgan
texnologiyalarga, na ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga, na hozirgi bozorga hech
qanday aloqasi bo‘lmagan mahsulotlar bilan to‘ldirish.
Konsyumerizm - iste’molchilar huquqi va manfaatlarini himoya qilish
bo‘yicha tashkil kilingan harakat, iste’molchilar xavfligi, ularning iqtisodiy
manfaatlarini muxofaza qilish, sifasiz tovar ishlab chiqarish g‘irrom raqobatchilikka
va qarshi ko‘rash bilan bog‘liq bo‘ladi.
Konsentrik (markazlashtirilgan) diversifikasiya - firma assortimentini
mavjud tovarlarga texnik va marketing nuqtai nazaridan o‘xshash bo‘lmagan
mahsulotlar bilan to‘ldirish.
Korporativ reklama - aniq bir tovar markasiga emas, balki to‘liq tovarlar
assortimentiga ehtiyoj yaratuvchi reklama.
Makromuhit - firmaning marketing muhiti tarkibiy qismi, ijtimoiy jihatdan
mikromuhitga ta’sir kursatuvchi kuchlarga qaraganda keng ifodalanuvchi omillar,
masalan, demografik, iqtisodiy, tabiiy, texnik, siyosiy va madaniy omillar.
Maqsadli bozor - u yoki bu mahsulotni sotish bozorini tadqiq etish natijasida
tanlangan, marketing harajatlarining minimalligi bilan tavsiflanuvchi va firma
faoliyati natijalarining asosiy ulushini (qismini) ta’minlovchi bozor.