227
Raqobat -
1) alohida shaxslar o‘rtasida har biri o‘zi uchun shaxsan erishini
maqsad kilgan bitta yo‘nalishdagi, xususan tadbirkorlar o‘rtasida kattaroq foyda
olish, savdo bozori, xom ashyo manbalari uchun ko‘rash; 2) moddiy va ma’naviy
ne’matlar yaratish, sotish va iste’mol kilsh jarayonida bozor tizimi subektlarining
kommunikasiyasi, kurashi, o‘zaro aloqalari iqtisodiy jarayoni; 3) bozor
munosabatlarining tartibga soluvchisi, FTT va jamoatchilik ishlab chiqarishining
samaradorligini kuchaytirish stimulyatori.
Reklama samaradorligi
- reklama vositalarining ishlab chiqaruvchi yoki
vositachilari manfaatlari yo‘lida iste’molchilarga ta’sir ko‘rsatish darajasi. Reklama
murojaatidan oldin va keyin aniqlanadi. Reklamaning savdo natijalariga ko‘rsatuvchi
ta’sirini aniqlash (iqtisodiy samaradorlik) reklama harajatlarini avvalgi faoliyat
natijalari bo‘yicha tovar sotish hajmiga nisbati yordamida aniqlanadi. Bu usulning
aniqligi yuqori emas, chunki savdo natijalariga reklamadan tashkari boshqa ko‘plab
omillar ham ta’sir ko‘rsatadi.
Strategik marketing
- 1) asosiy iste’molchilar guruhlari talab va ehtiyojlarini
muntazam, sistemali tahlil qilish, shuningdek, kompaniyaga haridorlarning tanlab
olingan guruhlariga raqobatchilarga qaraganda yaxshirok xizmat ko‘rsatish va shu
tariqa raqobatchilik ustunligiga ega bo‘lish imkonini beruvchi tovar va xizmatlar
konsepsiyasini ishlab chiqish; 2) tashkilotlar va jismoniy shaxslar ehtiyojlarini tahlil
qilish; 3) firmaning maqsadlarini belgilab olish, rivojlanish strategiyasini ishlab
chiqish va muvozanatlangan tovar portfeli tuzilmasini ta’minlash; 4) strategik
majmua-miks hamda muntazam o‘zgarib turuvchi marketing muhiti omillarini
hisobga olgan holda firmaning tovar, narx, kommunikasiya, taqsimlash va sotish
sohasidagi strategik siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish jarayoni.
Dostları ilə paylaş: