• Основные стратегические варианты


Maqsadli segmentlarni tanlash



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   169
Strategik marketing (1)

Maqsadli segmentlarni tanlash.
Segmentlash tahlil qilib bo‘lingach, keyingi 
vazifa, bozorni qamrab olishning qaysi strategiyasini tanlashdan iboratdir. Bu esa, o‘z 
navbatida, firmaning tovar siyosatini belgilab beradi.
Bozordagi faoliyat strategiyalarini asoslashda uch turdagi strategiyalar 
ishlatilishi mumkin: 
1. Differensiyalanmagan marketing strategiyasi. 
2. Differensiyalangan marketing strategiyasi. 
3. Konsentrlangan marketing. 
Firma 
«differensiallanmagan marketing»
strategiyasini tanlar ekan, 
segmentlarni tahlil qilishning ustunliklaridan foydalanmay, bozor segmentlari 
o‘rtasidagi farqni inkor qiladi va bozorni yaxlit, bir butun deb qaraydi. U ko‘proq 
xaridorlarning ehtiyojlari o‘rtasidagi farqlarga emas, balki ular o‘rtasidagi umumiy 
tomonlarga ko‘proq e’tibor beradi. Ushbu standartlashtirish strategiyaning ahamiyati 
ishlab chiqarish xarajatlari hamda zahiralar, savdo va reklama xarajatlarni tejashdan 
iboratdir. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bu strategiyani himoya qilish tobora 
qiyinlashib bormoqda, chunki bir tovar yoki marka barchaning ehtiyojini 
qondirishiga erishish juda kamdan-kam hollarda yuz beradi. 
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bozor munosabatlarining tiklanish va shakllanish 
davrida tadbirkorlik tuzilishida ko‘plab korxonalar differensiyalanmagan marketing 


71 
strategiyasini ushlab turdi. Bu strategiya firmani xaridorlarni xarid jarayoni va 
tovarga bo‘lgan munosabat hamda motivasiyasidagi turli-tumanlikka emas, balki 
xaridor ehtiyojlarida qiziqish umumiyligiga mo‘ljalni oladi. 
 “Differensiallangan” marketing
strategiyasiga ko‘ra, firma bozorni to‘liq 
qamrab olish strategiyasini ham qabul qiladi, biroq bu safar bozor har bir segmentga 
moslashtirilgan dasturlar yordamida qamrab olinadi. AQSHdagi «Djeneral Motors» 
firmasining yondashuvi shunday ediki, firma har bir «hamyon, maqsad va shaxs»ga 
mos keladigan avtomobil borligini reklama qilar edi. Rossiya bozorlarida IBM 
firmasi differensiallangan marketing strategiyasini amalga oshirmoqda. Firma ushbu 
strategiyaga ko‘ra, Rossiya iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida individuallashgan 
mahsulotlarni taklif qilmoqda. Bu strategiya firmalarga o‘z individual narx, savdo va 
kommunikasiya strategiyalariga ega bo‘lgan bir necha segmentlarda ishlashga imkon 
beradi. Bunda firma har bir segmentda katta bozor ulushini egallab olishni 
mo‘ljallashi mumkin. Differensiallangan marketing har doim ham butun bozorni 
qamrab olishni ko‘zda tutavermaydi. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin