• Основные стратегические варианты


Xulq-atvorga ko‘ra segmentlash



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   169
Strategik marketing (1)

Xulq-atvorga ko‘ra segmentlash.
Bozorni segmentlarga ajratish uchun asos 
mumkin bo‘lgan holat xarid paytidagi xulq-atvordir. Bu holda quyidagi mezonlardan 
foydalanish mumkin. 
-
Foydalanuvchining 
maqomi.
Potensial 
foydalanuvchilar, 
foydalanmaydiganlar, birinchi bor foydalanayotganlar, muntazam va muntazam 
bo‘lmagan foydalanuvchilarni bir-biridan farqlash mumkin. Bu toifalarning har biri 


68 
uchun turli xil kommunikasiya strategiyalarini ishlab chiqish mumkin. 
-
Tovardan foydalanish darajasi.
Ko‘pincha mijozlarning 20 yoki 30 foiz qismi 
savdo hajmining 80 yoki 70 foiz qismini ta’minlaydi. Firma o‘z tovarlarini mayda, 
o‘rta va yirik foydalanuvchilarning ehtiyojlariga moslashtirish mumkin. Yirik yoki 
muhim foydalanuvchilar o‘zlari uchun maxsus sharoitlar yaratilishiga loyiqdirlar. 
-
Befarqlik darajasi. 
Takroran xarid qilinayotgan tovarlarning iste’molchilarini 
shubhasiz sodiq, nisbatan sodiq va sodiq bo‘lmagan iste’molchilarga ajratish 
mumkin. Sodiqlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, masalan eksklyuzivlik uchun 
qulay sharoitlar yaratish yo‘li bilan tovarlarni ilgari surish va kommunikasiya 
bo‘yicha choralar ko‘rilishi mumkin. Mijozlarning sodiqligini ta’minlash - 
munosabatlar marketingining vazifasidir. 
-
Marketing omillariga sezgirlik
. Iste’molchilarning ma’lum bir guruhlari narx 
yoki maxsus takliflar kabi marketing o‘zgaruvchilariga nisbatan ayniqsa sezgirdir. 
Tovar ular kutganidek bo‘lishi uchun maxsus choralarni ko‘rish, soddalashtirilgan 
“markasiz” tovarlarni chiqarish mumkin. 
Xulq-atvorga ko‘ra segmentlash, sanoat bozorlari uchun katta ahamiyatga 
egadir. Uning vazifasi - yaqinlashish strategiyasini xarid haqida qaror qabul qiluvchi 
markazning tarkib va faoliyat hususiyatlarini hisobga olgan holda sanoat mijoziga 
moslashtirishdan iboratdir. Masalan, ba’zi korxonalarda xaridlar jarayoni qat’iy 
markazlashtirilgan bo‘lib, u erda qarorlar qabul qilishning talabchan qoidalari amal 
qiladi, ba’zi joylarda esa, aksincha, xaridlar markazlashmagan, shu sababli mijoz 
bilan muomala tarzi mayda firmalar bilan ishlashga mumkin qadar yaqin bo‘lishi 
kerak. Shuningdek, markaz ishlarining quyidagi tavsifnomalari ham muhimdir: turli 
a’zolarning motivasiyasi, taqdim etilgan turli funksiyalar o‘rtasida vakolatlarni 
taqsimlash, rasmiylashtirish darajasi va qarorlar qabul qilish jarayonining muddati va 
boshqalar. Ko‘rsatib o‘tilgan xulq-atvor tavsifnomalarini bevosita kuzatish har doim 
ham mumkin bo‘lavermaydi. SHuning uchun ularni aniqlash ko‘pincha qiyin bo‘ladi. 
SHunga qaramay, yuqorida aytib o‘tilganidek, bu tushunchalar savdo xodimlarining 
o‘zlashtirib olishi uchun juda muhimdir. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin