69
3.3. Segmentlash strategiyasini amalga oshirish
Segmentasiya jarayonining muhim bosqichi bo‘lib bozorni maqsadli
segmentini tanlash hisoblanadi.
Maqsadli segmentni tanlash muammosi etarli darajada murakkab bo‘lib,
uni echish uchun quyidagi ketma - ketlikda turish tavsiya etiladi:
- segment o‘lchov va uning o‘zgarish (o‘sish, kamayishi) tezligini
o‘rnatish;
- segmentni jalb etuvchanlik
tuzilishini tadqiq etish;
- o‘zlashtirayotgan segment maqsadini va tashkilot resurslarini aniqlash.
Segment o‘lchami uning miqdoriy o‘lchamlari va birinchi navbatda sig‘imi
bilan tavsiflanadi. Segment sig‘imini aniqlash uchun tovarlar hajmini, ushbu
segmentda ularni umumiy sotish qiymati, bozor joylashgan tumanda yashovchi ushbu
tovarning potensial iste’molchilari sonini aniqlash zarur.
Bozor sig‘imini o‘rganish asosida ishlab chiqarish
quvvatlarini shakllantirish
uchun va tovar sotish bo‘yicha taqsimlash tarmog‘i tuzilishi uchun asos bo‘lib
hisoblanuvchi uning o‘sish dinamikasi baholanadi. SHuni hisobga olish kerakki,
bozor sig‘imi etarli bo‘lishi kerak, ya’ni bozor faoliyati natijalari qo‘llash, bozorda
ishlash bilan bog‘liq
xarajatlarni qoplab, rejalashtirilgan foydani olishga kafolat
berish kerak.
Segmentning jalb etuvchanligi tuzilishini tadqiq etish raqobat darajasini
o‘rganishi, mavjud
mahsulotlar raqobatdoshligi, xaridorlarga munosabati, taklif
etilayotgan va mavjud tovarlarga bo‘lgan segment
ehtiyojining barqarorligi, mavjud
xaridor ehtiyojlarini qondiruvchi mutlaq yangi mahsulotni bozorga kiritish zarurat va
imkoniyatini o‘z ichiga oladi.
O‘zlashtirilayotgan segment maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan
tashkilot maqsad va resurslarini aniqlash strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lib,
tashkilotning uzoq muddatli maqsadlariga mos holda joriy maqsadlari bilan amalga
oshirish hamda shunga mos holda maqsadli bozorda ishlash uchun potensial imkoniy
resurslarni etarli yoki yo‘qligini aniqlash uchun zarur. Buning uchun tavakkalchilikni
70
hisoblash maqsadga muvofiq. Tashkilotning tavakkalchiligini
hisoblash uchun
maxsus marketing, konsalting kompaniyalarini taklif qilish mumkin.
Imkoniy bozor segmentlari sonini optimallashtirish uchun konsentrlangan va
dispersli uslublarni ishlatish mumkin. Konsentrlangan uslub kelgusidagi yaxshi
segmentni axtarishga asoslangan. U uncha qimmat bo‘lmagan,
lekin katta vaqt
xarajatlarini talab qiladi. Dispersli uslub bir vaqtning o‘zida bir necha bozor
segmentida ishlashni ko‘zda tutadi, keyinchalik ma’lum davrdagi faoliyat natijalarini
baholash yo‘li bilan samaraliroq bozorni tanlaydi.
Foydali bo‘lgan segment joriy sotuvning yuqori darajasiga, yuqori o‘sish
sur’atiga,
yuqori foyda normasiga, sotish kanali talablariga aniq va raqobatga
chidamli bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: