• Основные стратегические варианты


O‘sish-turbulentlik bosqichi



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   169
Strategik marketing (1)

O‘sish-turbulentlik bosqichi.
Agar tovar birinchi bosqichda sinovdan 
muvaffaqiyatli o‘tsa, u savdo tez rivojlanadigan 
o‘sish bosqichiga
o‘tadi. Tovarning 
hayotiylik davri modeliga ko‘ra, bunday o‘sishga quyidagilar sabab bo‘ladi: 
-
dastlabki qoniqqan foydalanuvchilar o‘z xaridlarini takrorlaydilar va og‘zaki 
kommunikasiya orqali boshqa potensial xaridorlarga ta’sir ko‘rsatadilar;
-
bozorni qamrab olish darajasi tez ortadi; 
-
tovarning sotish joylarida mavjudligi uni sezilarli qilib qo‘yadi, bu ham uning 
bozorda tarqalishiga imkon beradi. 
-
bozorga yangi raqobatchilarning chiqishi talabga jami marketing bosimining 
oshishiga olib keladi, bu paytda talab kengayuvchan va juda moslashuvchan bo‘ladi. 
Ushbu bosqichning muhim jihati mahsulot hajmining ortishi va paydo bo‘lib 
kelayotgan tajribaning samarasi hisobiga ishlab chiqarish xarajatlarining muntazam 
kamayib borishidir. Narxlar pasayib boradi, bu esa asta-sekin butun potensial bozorni 
qamrab olishga imkon beradi. SHuning uchun marketing xarajatlari tez o‘sib 
borayotgan savdo hajmiga taqsimlanadi.
Iqtisodiy va raqobat muhitining tavsifnomalari tez o‘zgaradi: 
-
savdo o‘sib boruvchi sur’atlarda ortib boradi; 


96 
-
endilikda maqsadli guruh yangilikni erta qabul qiladigan kishilar segmenti 
bo‘ladi; 
-
yangi raqobatchilar bozorga ko‘p miqdorda chiqadilar; 
-
texnologiya bozorda keng tarqaladi. 
Ushbu vaziyatdan unumli foydalanish uchun marketingning ustuvor maqsadlari 
ham quyidagicha o‘zgarishi kerak bo‘ladi: 
-bozorni talab kengayib borayotgan sharoitlarda kengaytirish va rivojlantirish; 
-bozorni qamrab olish darajasini imkon qadar kengaytirish; 
-markaning kuchli obrazini yaratish; 
-markaga qiziquvchanlikni yaratish va qo‘llab-quvvatlash. 
Ushbu yangi maqsadlarga erishish uchun marketing dasturi yangilanishi, ya’ni 
quyidagilarga qaratilishi lozim: 
-tovarni avvalo unga, yangi xususiyatlar qo‘shish orqali yaxshilash; 
-intensiv savdoga o‘tish va sotish tarmoqlarining sonini ko‘paytirish; 
-xaridorlarning yangi guruhlarini jalb qilish uchun narxni pasaytirish; 
-kommunikasiya vositasida markaning yangi obrazini yaratish. 
Birlamchi talabni ishlab chiqishdan maqsad odatda katta moliyaviy xarajatlarni 
talab qiladi, vaholanki, agar pul oqimi musbat bo‘lib, rentabellik yaxshilanib 
borayotgan bo‘lsa-da, moliyaviy muvozanat chegarasiga etilmasligi ham mumkin. 
Bunday bozorda faoliyat ko‘rsatayotgan firma o‘zining o‘sishini moliyaviy 
ta’minlash uchun anchagina katta moliyaviy bazaga ega bo‘lishi kerak. 
Ushbu bosqichda talab kengayib borganligi tufayli, raqobatchilar ko‘p bo‘lgan 
taqdirda ham raqobat muhiti o‘zgarishsiz qoladi. Har bir firmaning marketing 
harakatlari bozorning taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shmoqda, bozor bilan hamqadam 
o‘sib borish maqsadi barchaga to‘g‘ri keladi. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin