• Основные стратегические варианты



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   169
Strategik marketing (1)

Turbulentlik bosqichi –
ushbu o‘tish davri birlamchi talabning o‘sish sur’ati 
sekinlashadigan davrdir. Iqtisodiy va raqobat muhiti yana yangilanadi: 
-talab sekinlashuvchi sur’atda o‘sib boradi; 
-bozorning asosiy qismini egallab olish maqsadi qo‘yiladi; 
-eng zaif raqobatchilar narxlar pasayganligi tufayli bozordan ketadilar; 


97 
-tarmoqda konsentrasiya o‘sib boradi. 
Turbulentlik davrining asosiy jihati shundaki, o‘sish sur’atlarining 
sekinlashishi tufayli vaziyat barcha firmalar uchun qiyinlashib qoladi. Ko‘proq 
darajada dinamik firmalar o‘z faoliyatini qayta tuzib, o‘zlari uchun yangi maqsadlarni 
belgilaydilar. 
Endilikda vazifa bozorni rivojlantirish emas, balki undagi o‘z ulushini 
ko‘paytirishdan iborat bo‘ladi. 
Tovar siyosati o‘z tovarlarini raqobatdan va ayniqsa ko‘plab maxsus ishlab 
chiqilgan nusxalardan differensiasiyalash maqsadida segmentlash va maqsadli 
segmentlarni tanlab olish orqali belgilanadi. YAngi ustuvor maqsadlar quyidagicha 
belgilanadi: 
-bozorni segmentlashga ijodiy yondashish va ustuvor maqsadli segmentlarni 
belgilab olish; 
-ushbu ustuvor segmentlarda bozor ulushini oshirish; 
-markani xaridorlar ongida aniq pozitsiyalash; 
-bozorni e’lon qilingan pozitsiya haqida xabardor qilish. 
Ushbu maqsadlarga erishish uchun marketing dasturida quyidagi strategik 
yo‘nalishlar alohida ta’kidlab o‘tilishi lozim: 
-tovarlarni bozor segmentlash asosida differensiasiyalash; 
-tovarning imkon qadar ko‘zga ko‘p tashlanishiga erishish maqsadida savdo 
tarmog‘ini kengaytirish; 
-markaning ajralib turuvchi xususiyatlariga asoslangan narx belgilash; 
-markaning 
e’lon qilingan tarzda pozitsiyalanishi haqida reklama 
kommunikasiyasi. 
Turbulentlik davri juda qisqa bo‘lishi hamda g‘oyatda shiddatli o‘tishi va qayta 
tuzilishni keltirib chiqarishi mumkin. Raqobat muhiti tobora keskinlashib boradi, 
muvaffaqiyatning hal qiluvchi ko‘rsatkichi bozor ulushining ortishi bo‘ladi. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin