108
tovarlar kuchsiz differensiyalangan va mijozlar boshqa ta’minotchilarni
topishga ishonadilar;
ta’minotchilar almashinuvi bilan bog‘liq o‘tish xarajatlari mijoz uchun
muhim emas;
mijoz talab, bozordagi haqiqiy narx va ta’minotchining xarajatlari to‘g‘risida
etarli ma’lumotlarga ega.
Bundan
kelib chiqadiki, xaridorlarni tanlash muhim strategik qarordir. Firma
mijozni tanlash siyosatiga amal qilgan holda o‘z raqobat
sharoitini anchagina
yaxshilab olishi mumkin.
Ta’minotchi
larning mijozlardan manfaatli shartlarga erishish qobiliyati
shundan iboratki, ular o‘z ta’minoti uchun narxni oshirishi, ma’lum
mijozga etkazib
beradigan tovarlar sifatini pasaytirish yoki hajmini chegaralash imkoniyatiga ega.
SHu yo‘l bilan kuchli ta’minotchilar mijozlar harakati rentabelligiga ta’sir etishlari
mumkin.
Ta’minotchilarga tijorat tomonidan yordam beruvchi sharoitlar quyidagilardir:
ta’minotchilar guruhi mijozlar guruhiga qaraganda ko‘proq markazlashgan;
ta’minotchilar o‘rinbosar tovarlar tomonidan xavfni his etmaydilar;
firma ta’minotchi uchun muhim mijoz sanalmaydi;
tovar mijoz uchun muhim ishlab chiqarish vositasi bo‘lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: