112
Dastlabki uch savolning javobi kelgusi strategiyalarni avvaldan bashoratlashga
imkon beradi. To‘rtta savolning barchasi bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni tahlil
qilish natijasida raqiblarning faoliyati to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish
mumkin. Ko‘plab yirik firma va kompaniyalar raqobatni kuzatishga katta e’tibor
berib, kerakli ma’lumotlarni to‘plash uchun katta mablag‘larni sarflaydilar. Bunga bir
necha misollar keltirishimiz mumkin:
-IBM korporasiyasi tarkibida tijoriy tahlil bo‘linmasini tashkil etilgan bo‘lib, u
raqobatga oid ma’lumotlarni to‘plash va taqdim etish bilan shug‘ullanadi;
-
“Texas Instruments” raqobatchilar bilan hukumat o‘rtasida tuzilgan
shartnomalarni muntazam ravishda o‘rganib borib, ularning texnologik ustunlik
darajasini baholab boradi;
-
“Citicorp” kompaniyasida esa «raqobatli razvedka bo‘yicha menejer»
lavozimi kiritilgan;
-
“McDonalds” o‘z restoran boshqaruvchilariga AQSHdagi eng kuchli
raqobatchilar – “Burger King” va “Wendy” firmlarining reklama materiallari va
takliflarini yuborib turadi.
Dostları ilə paylaş: