• Основные стратегические варианты


Tajriba qonunining ta’rifi



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   169
Strategik marketing (1)

Tajriba qonunining ta’rifi.
Tajriba qonunining strategik ahamiyati shundaki, 
u firmaning o‘z tovarlariga emas, balki raqobatchilarning tovarlariga sarflanadigan 
xarajatlarning evolyusiyasini ham oldindan bilishga imkon beradi. Tajriba qonuniga 
ko‘ra, «standart tovardan qo‘shilgan qiymat olishda doimiy pul birliklarida 
o‘lchangan birlik mahsulotga sarflanadigan xarajatlar mahsulot miqdori ikki 
baravarga oshganda ma’lum bir foiz miqdorida kamayadi». 
Ushbu ta’rifga bir necha izohlar beriladiz: 
- «tajriba» tushunchasining bu erdagi ma’nosi tovarning necha yildan buyon 
ishlab chiqarilayotganligini emas, balki ishlab chiqarilgan barcha tovar birliklarining 
sonini anglatadi; 
- shu sababli ishlab chiqarish miqdorining ma’lum davr ichidagi o‘sishini 
tajribaning ortishi bilan adashtirib yubormaslik kerak; 
- tajriba qonuni bir necha vaziyatlarda (hamma uchun bir xil emas) statistik 
jihatdan tasdiqlangan oddiy kuzatuvdir. 
Tajriba samarasining manbalari.
Ko‘pchilik omillar tajriba egri chizig‘i 
bo‘ylab harakat mobaynida xarajatlarning kamayishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Bu 
erda gap jami ishlab chiqarish hajmi o‘sib borgan sari ko‘nikish natijasida ishlab 
chiqarish jarayonining yaxshilanib borishi to‘g‘risida ketmoqda. Eybell va Xemmond 
tajribaning olti xil manbaini aniqlaganlar: 
1) qo‘l mehnatining samaradorligi: ma’lum bir vazifani ko‘p martalab 
takrorlaydigan ishchilar ma’lum bir ko‘nikma hosil qilib, samaradorlikni oshiradigan 
oson va qulay usullarni o‘rganib oladilar va o‘z ishlarining ustasiga aylanadilar; 
2) ishning turlari va usullariga ixtisoslashish: ixtisoslashuv topshiriqni bajarish 
unumdorligini oshiradi; 
3) yangi ishlab chiqarish jarayonlari: texnologik innovasiya, masalan, 


117 
roqobatlashtirish yoki kompyuter orqali boshqaruv xarajatlarini kamaytirishning 
muhim manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin; 
4) jihozlarni samarali ishlatish; 
5) resurslardan foydalanishdagi o‘zgarishlar: ishlab chiqaruvchining tajribasi 
ortib borgan sari, u arzonroq resurslarni topishi, malakasizroq ishchilarni yollashi 
yoki ishlab chiqarishni avtomatlashtirishi mumkin; 
6) tovarning yangi konsepsiyasi: iste’molchilarning tovardan qanday 
xususiyatlarni kutayotganliklarini bilgan firma uni, aytaylik, kamroq resurs talab 
qiladigan shaklda o‘zgartirishi mumkin. 
Ushbu omillarning barchasi firmaning bevosita nazorati ostida bo‘ladi. Bu 
ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga qaratilgan umumiy siyosatning tarkibiy 
qismi bo‘lib, uning maqsadi ayni shu tovarni kamroq xarajatlar bilan ishlab chiqarish 
yoki shu xarajatlar bilan yanada yaxshiroq tovarni ishlab chiqarishdan iboratdir. 
Tajribaning faqat o‘zi xarajatlarni kamaytirmaydi, balki ularni kamaytirish uchun 
imkoniyatlarni yaratadi.

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin