119
ular davlat tomonidan raqobat kurashini tartibga soluvchi
turli qonun va qoidalarga
xilof ravishda ish ko‘radilar. G‘ayriqonuniy usullarga quyidagilarni kiritish mumkin:
-
baholar bo‘yicha bir necha firmalarning o‘zaro kelishib olishlari;
-
boshqa firmalar tovarlarining nomlari, tashqi ko‘rinishi, tovar nishonasini
o‘zboishimchalik qilib ruxsatsiz foydalanish;
-
raqobatchilar to‘g‘risida noto‘g‘ri axborot yoki to‘g‘ri bo‘lsa ham ularning
obro‘siga ziyon keltiradigan ma’lumotlar tarqatish;
-
reklamada tovarlarni nojo‘ya solishtirish, axborot berish;
-
raqobatchilarga
nisbatan reket, shantaj va hokazolar yordamida zo‘ravonlik
qilish;
-
raqobatchining tijorat sirlarini pinhona bilib olish; maxfiy ma’lumotlarni
ovoza qilish;
-
tovarning sifati, xususiyatlari kabi masalada xaridorlarni aldash, noto‘g‘ri
axborot berish va reklama qilish.
Tovarning
sifati
uning
raqobatbardoshligini
belgilovchi
asosiy
ko‘rsatkichlardandir. Tovarning sifati o‘z ichiga ko‘plab elementlarni oladi.
Bular
birinchi navbatda mahsulot tayyorlash jarayoni va foydalanish xususiyatlari. Bular
o‘z navbatida tovarning uzoq muddatga chidamliligi, ishonchliligi, fond sig‘imi kabi
ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Keyingi vaqtlarda tovarlarning ekologik tozaligi,
xususiyatlari, estetik ko‘rsatkichlari ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Tovarning sifat
darajasini aniqlashda normativlar, sifat standartlariga javob berishi nazarda tutiladi.
Tovar siyosatini aniqlash mezoni, hamda uning raqobatbardoshligini ta’minlovchi
mezoni, bu uning patent bilan himoyalanganligidir. Bunda ixtirochi - korxonaga shu
tovarni ishlab chiqarishga
huquqni saqlab qoladi, qachonki, boshqa korxona ushbu
tovarni ishlab chiqarmoqchi bo‘lsa, ruxsatnoma olishi lozim. Tovarlar sifatini
ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichlar quyidagilardir:
ishlab chiqarilgan tovarlar
tarkibida ayrim sifatli tovarlarning ulushi va mikdori, ilg‘or tajriba natijalariga javob
beruvchi va alohida xususiyatlari.
Milliy iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarilgan tovarlarning sifatini
aniqlashda turli ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi: ular tovarning qanday turi uchun
120
mo‘ljallanganligiga bog‘liq. Masalan, ohak va ganchning sifati ularning
bog‘lovchanlik (yopishqoqlik)
qobiliyatiga, yoqilg‘ining sifati esa uning issiqlik
berish qobiliyatiga qarab belgilanadi. Mehnat vositalarining sifati ularning
mustahkamligiga va uzoq ishlash qobiliyatiga qarab aniqlanadi.
Tovar sifatini tahlil qilishda foydalaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar bilan bir
qatorda sifatsiz tovar uchun iste’molchilarga to‘langan
jarimalar, tovarni kafolatli
ta’mir qiluvchi ustaxonalarga sarflanadigan xarajatlar va birinchi ko‘rsatishdayoq,
topshirilgan tovarning salmog‘i kabi ko‘rsatkichlar ham qo‘llaniladi.
Tovar sifatini oshirish - milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, korxona
raqobatbardoshligini oshirishning asosiy talabi. Bu vazifani hal qilish ijtimoiy mehnat
unumdorligini
oshirish, umumdavlat boyligini ko‘paytirish va mehnatkashlarning
ehtiyojini qondirishga imkon beradi. Tovar sifatini oshirish har bir korxona va uning
bo‘limlarining muhim vazifasidir. Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan tovarlar
jahon standartlari talablarini qondira olishi zarur. Mashina va mexanizmlarning
texnikaviy
darajasini
oshirish,
mamlakatning
ishlab
chiqarish
kuchlarini
rivojlantirish, milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida
fan va texnika yutuqlarini
tobora kengroq, qo‘llashning asosidir.
Dostları ilə paylaş: