• Основные стратегические варианты


 Rivojlanishning asosiy strategiyalari



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   169
Strategik marketing (1)

 
6.2. Rivojlanishning asosiy strategiyalari 
O‘sish strategiyasini ishlab chiqishning birinchi bosqichi egallab turilgan 
raqobatli ustunlikning tabiatini aniqlab olishdan iborat bo‘lib, bu ustunlik kelgusidagi 


129 
strategik va taktik qadamlar uchun asos bo‘lib qoladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
6.5-rasm. Porter bo‘yicha asosiy strategiyalar 
Yuqorida raqobatli ustunlikni ikki xil o‘lchash orqali: «unumdorlik» (xarajatlar 
bo‘yicha ustunlik) va «bozor kuchi» (maqbul maksimal sotish narxiga nisbatan 
ustunlik) bo‘yicha aniqlash mumkinligi ko‘rsatilgan edi. Firmaning xususiyatlari
uning kuchli va kuchsiz tomonlari hamda uning raqobatchilarini hisobga olgan holda 
qaysi ustunlikni tanlash kerak? degan savol tug‘iladi. Boshqacha qilib aytganda, 
ma’lum bir tovar bozorida qaysi ustunlikni himoya qilish osonroq? 
Bunday ustunlikni aniqlab olish uchun raqobatli vaziyatni tahlil qilib chiqib
quyidagi savollarga javob berish lozim: 
-ko‘rib chiqilayotgan tovar bozori yoki segmentda muvaffaqiyatning hal 
qiluvchi omillari qaysilar? 
-mana shu hal qiluvchi omillar nuqtai nazaridan eng xavfli raqobatchining 
qanday kuchli va kuchsiz tomonlari bor? 
Firma bu ma’lumotlardan kelib chiqqan holda:
-
qaysi raqobatli ustunlikka nisbatan eng yaxshi pozitsiyada ekanligini aniqlab 
olishi;
-
muayyan sohada bunday ustunlikka erishishga qaror qilish;
Potensial 
raqobatchilar 
O’rinbosarlar 
Ta’minotchilar 
Mijozlar 
Tarmoqdagi raqobatchilar 
Ishlayotgan firmalar o’rtasidagi 
raqobat 
Yangi raqiblarning kirib kelish xavfi 
O’rinbosar tovarlar xavfi 
Etkazib 
beruvchilarning 
savdolashish 
qobiliyati 
Mijozlarning 
savdolashish 
qobiliyati 


130 
-
o‘z raqiblarining raqobatli ustunligini bartaraf etishga urinishi mumkin. 
SHunday qilib, tanlanadigan asosiy strategiyalar bir-biridan qaysi ustunlikka 
tayanishi bilan farq qiladi. Porterning fikricha, faqat uchta asosiy raqobatli strategiya 
mavjud bo‘lib, ular o‘zining maqsadli bozori bilan (butun bozor yoki uning ma’lum 
bir segmenti) va amalga oshirilayotgan raqobatli ustunlik turi bilan (xarajatlar yoki 
tovarning ustun sifatlari bo‘yicha) farq qiladi. 
Xarajatlarni iqtisod qilish hisobiga liderlik strategiyasi markazida raqobatchiga 
nisbatan past harajat bo‘ladi. U doimiy xarajatlarni nazorat qilishni, ishlab 
chiqarishga investitsiya. yangi texnologiya konstruksiyalari ustida yaxshilab 
ishlashni, savdo xarajatlarini kamaytirishni nazarda tutadi. 
Asosiy strategiya uchinchi - konsentrasiya strategiyasi, ya’ni konsentrasiya bir 
segment yoki xaridorlarning raqobatchi guruhlarini bozorni harakatsiz egallab 
olishdir. Maqsad bu erda tanlangan maqsadli segmentni raqobatchiga nisbatan 
ehtiyojini qondirishdir. Bu strategiya differensiasiyada ham, iqtisod qilishda ham 
bo‘ladi, bunda faqat maqsadli segment doirasida bo‘ladi. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin