153
firma imidjini kuchaytiradi.
Yangi tovarni bozorga olib chiqishdan oldin uni iste’mol qilishning xavfsizligi
va ishonchliligi nuqtai nazaridan sinab ko‘rish lozim. Sinovlar dala va laborotoriya
sharoitlarida o‘tkazilishi mumkin. Sinov shakllari tovarning o‘lchami, vazifalari va
turiga bog‘liq bo‘ladi. Sinovlarni o‘tkazish uchun iste’molchilar yangi tovarlar
joylashgan laboratoriyaga taklif qilinadi yoki bu tovar iste’molchilarga uyda tekshirib
ko‘rish uchun foydalanishga berib yuboriladi.
Testdan o‘tkazishda
quyidagi ko‘rsatkichlar ahamiyatga ega: sinov
o‘tkaziladigan joy (bozor, laboratoriya, uy); ob’ekt (tovar, narx, nom, marka);
sinovda ishtirok etishga jalb qilinuvchi shaxslar (xaridor, ekspert); muddat (qisqa,
uzoq vaqt); hajm (bitta tovar, tovarlar partiyasi); testdan o‘tkaziluvchi tovarlar soni.
Yangi tovarni sinovdan o‘tkazish natijalari asosida bu tovarni ishlab chiqarish
va uni bozorga olib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. SHuni e’tiborga olish
kerakki, tovarni ommaviy ishlab chiqarish tovar innovatsiyasining ishlab chiqarishni
tashkil etish va marketing xarajatlari kabi eng ko‘p xarajat talab qiluvchi bosqichi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: