• Основные стратегические варианты


 Sotish kanallarining iqtisodiy roli



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   169
Strategik marketing (1)

 
8.1. Sotish kanallarining iqtisodiy roli 
Marketingning eng muhim va ajralmas tarkibiy qismi - mahsulotni sotish va 
taqismlash hisoblanadi. Bu jarayonda tashkiliy nuqtai nazardan eng murakkab vazifa 
- ishlab chiqarilgan mahsulotni iste’molchiga etkazish hal etiladi. 
Sotish kanallarining iqtisodiy roli.
Sotish tarmog‘i yakka iste’molchilar yoki 
foydalanuvchilar ixtiyoriga tovarlar yoki xizmatlarni taqdim etish maqsadida 
raqobatli ayirboshlash jarayonida ishtirok etayotgan hamkorlar tomonidan 
shakllantirilgan tuzilma sifatida aniqlanishi mumkin. Bu hamkorlar ishlab 
chiqaruvchilar, vositachilar va pirovard foydalanuvchilar-xaridorlardir. Har qanday 
sotish kanali ayirboshlash uchun zarur bo‘lgan ma’lum bir funksiyalar to‘plamini 
bajaradi. 
Sotish funksiyalari quyidagi olti xil amalning bajarilishini ko‘zda tutadi: 
-tashish:
tovarlarning ishlab chiqarilgan joydan iste’mol qilish joylariga 
ko‘chirish bilan bog‘liq har qanday amallar; 
-taqsimla»:
tovarlarning foydalanuvchilar ehtiyojiga mos keladigan miqdor va 
shakllarda mavjud bo‘lishini ta’minlash bilan bog‘liq har qanday amallar; 
-saqlash:
tovarlarning ularni xarid qilish yoki ulardan foydalanish paytida 
mavjud bo‘lishini ta’minlash bilan bog‘liq har qanday amallar; 
-saralash:
tovarlarning iste’mol vaziyatlariga moslashtirilgan maxsus va yoki 
bir-birini to‘ldiruvchi to‘plamini tashkil qilish bilan bog‘liq har qanday amallar; 
-
aloqa o‘rnatish:
xaridorlarning ko‘psonli va uzoqda joylashgan guruhlari 
bilan murojaat qilishni engillashtiruvchi har qanday amallar; 
-
axborot:
bozor ehtiyojlari va raqobatli ayirboshlash shartlari haqidagi 
bilimlarni oshiruchi har qanday amallar. 
Bu asosiy funksiyalarni bajarishdan tashqari vositachilar xaridorlarlarga yaqin 
joylashganliklari, ish vaqtining qulayligi, tez etkazib berish, xizmat ko‘rsatish, 


157 
kafolatlar berish imkoniyati mavjudligi tufayli qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatadilar. 
SHunday qilib, sotishning iqtisodiyotdagi roli ne’matlarning taklif holati bilan ne’mat 
va xizmatlarga bo‘lgan talab bosqichida zarur bo‘lgan holati o‘rtasidagi 
nomutanosibliklarni bartaraf qilishdan iboratdir.

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin