distribyuterlik tarmog‘ining etarlicha rivojlanmaganligi;
reklama chora-tadbirlarining vaqtidan ilgari yoki kech o‘tkazilishi;
bozorga texnik jihatdan to‘liq ishlab chiqilmagan tovarni olib chiqish;
tovarning bozor narxini noto‘g‘ri baholash;
yangi tovar xaridorlari va iste’molchilarga sotuvgacha va sotuvdan keyingi
xizmat ko‘rsatish tizimining rivojlanmaganligi.
Xaridorlarning xulq-atvorini o‘zgartirib yuboruvchi mutlaqo yangi tovarlarni
yaratish nomaqbul jarayon hisoblanadi. Mutlaqo yangi tovar va g‘oyalarning paydo
bo‘lishi qoidaga ko‘ra, ahyon-ahyonda va notekis ro‘y berib, firma tovar
nomenklaturasining hayotiylik davriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tovarlar hayotiylik
davrining o‘zgarishi, sotuv hajmini qo‘llab-quvvatlash zarurati va ularning
dinamikasi talabni faollashtirishning boshqa usullarini, ayniqsa, tovarni sotish
hajmining o‘sishi pasaygan vaqtda, ya’ni yangi tovarning hayotiylik davri etuklik
bosqichiga yaqinlashgan paytda izlab topishni talab qiladi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar 1. Innovatsiya jarayoni o‘z ichiga qanday bosqichlarni oladi?
2. Innovatsiya tavakkalchiligi qanday baholanadi?
3. YAngi tovarni rejalashtirishning qanday vazifalari mavjud?
4. YAngi g‘oyalarni tanlash necha bosqichda amalga oshiriladi?
5. YAngi tovarni rejalashtirishni qanday usullari mavjud?
6. Zararsizlik nuqtasi nima?
7. Bozor faoliyatini baholovchi ko‘rsatkichlarga nimalar kiradi?
8. Tovar markasi nima va uning qanday strategiyalari ishlab chiqiladi?
9. Tovar uchun yangi nom topishda qanday tamoyillarga amal qilish zarur?
10. Sifat strategiyasini ishlab chiqishda nimalar hisobga olinadi?
156
8-BOB. SOTISH KANALLARI BO‘YICHA STRATEGIK QARORLAR