164
Kundalik iste’mol tovarlari.
Bu
tez-tez sotib olinadigan, kam miqdorda va
sotib olishda kam kuch sarf qilinadigan iste’mol tovarlaridir. Sotib olish paytida xulq-
atvor odatdagidek bo‘ladi. Tovarlarning bu toifasini uch guruhga bo‘lish mumkin:
kundalik ehtiyoj buyumlari, impulsiv xarid tovarlar va favqulodda holatlar uchun
tovarlar.
Kundalik ehtiyoj buyumlari tez-tez sotib olinadigan tovarlardir (ichimliklar,
chiroqlar, sut). Xarid jarayoni bir marka yoki savdo shoxobchasiga o‘rganganlik
tufayli osonlashadi. Xarid haqidagi qaror, masalan, tez-tez takrorlanib turadigan
reklama tufayli avvaldan qabul qilingan bo‘ladi.
Impulsiv xarid tovarlari o‘ylab o‘tirmay sotib olinadi (saqich, chipslar,
shirinliklar). Bunday tovarlarni istalgan joylardan sotib olish mumkin bo‘lishi lozim
(kassa
apparatlari oldida, savdo avtomatlari yonida).
Favqulodda holatlar uchun tovarlar birdan ularga ehtiyoj tug‘ilib qolgan
paytlarda sotib olinadi, masalan yomg‘ir
paytida zont, aspirin. Firma bunday
tovarlarga nisbatan strategiya tanlay olmaydi. Bunday tovarlar bozorni maksimal
darajada
qamrab olishni talab qiladi, chunki agar xaridor tovarni zarur paytda va
kerakli joyda topa olmasa, u baribir boshqa markali tovarni
sotib oladi va sotish
imkoniyati qo‘ldan boy beriladi.
Dostları ilə paylaş: