165
miqyosda qamrab olish shart emas va sotuvchining roli hisobga olinsa,
saylanma
savdo ustunroq.
Maxsus ehtiyoj tovarlari.
Bu noyob xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlar
bo‘lib, ularni topish va sotib olish uchun iste’molchi ko‘p
kuch sarflashga tayyor
bo‘ladi. Bularga avvalo lyuks toifasiga kiruvchi maxsus tovarlar: avtomobillarning
nufuzli modellari, eng yaxshi poyzafzal modellari, tansiq taomlar, so‘nggi modadagi
buyumlar kiradi. Xaridor bunday tovarlarni sotib olishda
markalarni taqqoslab
o‘tirmaydi. U o‘zining nimani istayotganligini aniq bilgan holda o‘zi xohlagan marka
sotilayotgan savdo shoxobchasini izlaydi. Bu erda xaridorning tovar yoki markaning
bir yoki bir necha belgili xossalariga o‘chligi asosiy rol o‘ynaydi. Bunday turdagi
tovarni ishlab chiqaruvchilar saylanma yoki eksklyuziv
sotish bilan cheklanishlari
mumkin. Bunda savdo shohobchalarining topishga oson joyda bo‘lishi ham shart
emas, xaridorlar ularning qaerda joylashganligini bilishsa bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: