Raqobatdagi narx. Firmaning narx strategiyasini tanlashdagi erkinligi ikki
omilga:
sektordagi raqobatchilar soniga bog‘liq bo‘lgan
raqobat vaziyati va
xaridorlar tomonidan his qilinadigan tovar qiymatining roliga bog‘liqdir.
Raqobat vaziyati: monopoliya sharoitida firmaning narx mustaqilligi juda
katta bo‘lib, sof raqobatda eng kichik bo‘ladi. Oligopoliya va monopolistik raqobat
bu ikki vaziyatning oralig‘idan o‘rin oladi.
Tovarning his qilinadigan qiymati: firmaning tashqi raqobatli ustunlikka
erishish maqsadida differensiasiyaga intilish bilan belgilanadi. Agar xaridor
differensiasiya elementini qiymat deb his qilsa, u yuqoriroq narxni to‘lashga ham
tayyor bo‘ladi. Demak, firma narxga nisbatan ma’lum darajada mustaqillikka
erishadi.
Ushbu ikki omil ikki xil darajada ko‘rib chiqiladi, u esa narx belgilash
muammosi turlicha hal qilinadigan to‘rt xil vaziyatni ajratib olishga imkon beradi.
Real voqelikda bu oson kechmasa ham, o‘z tovari uchun ushbu to‘rt kvadratdan
birida joy topish narx belgilash muammosini to‘g‘ri tushunish uchun foydadan holi
bo‘lmaydi:
agar raqobatchilar kam bo‘lsa va tovarning xis qilinadigan qiymati katta
bo‘lsa, vaziyat
monopoliya yoki
differensiallangan oligopoliyaga yaqin bo‘ladi;
raqobatchilar ko‘p bo‘lib, tovarlar bir xil bo‘lsa, vaziyat
sof yoki
mukammal raqobatga yaqin bo‘ladi, bozor narxi talab va taklifning o‘zgarishiga
bog‘liq bo‘ladi;
raqobatchilar
kam
va
his
qilinadigan
qiymat
past
bo‘lsa,
differensiallanmagan oligopoliya yuzaga keladi. Bunda peshqadamga yaqinlashib
olib, unga ergashish taklif qilinadi;
ko‘plab raqobatchilar tomonidan kuchli differensiallanmagan tovarlar taklif
qilinayotgan bo‘lsa,