• Основные стратегические варианты


Talab nuqtai nazaridan narx



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   169
Strategik marketing (1)

Talab nuqtai nazaridan narx.
Bozor iqtisodiyotida qaysi tovarning sotilishi 
bu oxirgi qaror qilish huquqiga ega bo‘lgan sotib oluvchiga bog‘liq bo‘ladi. SHuning 
uchun bozorni boshqaruvchi firma o‘zining bozorga to‘g‘ri keladigan qarorlarida 
narxdan kelib chiqishi lozim. 


175 
Egiluvchan narx strategiyasi.
Ko‘p holda firmalar turli bozor sharoitlarida 
yagona narxni qo‘llamasdan, balki bir qator narxlarni qo‘llashadi. Agar mahsulot har 
xil sotib oluvchilarga turli narxlarda sotilsa, bu narxlar egiluvchan hisoblanadi. Bu 
hol sotib oluvchilarning har xilligidan kelib chiqib, ularning narxga bo‘lgan 
munosabatlariga 
bog‘liq 
bo‘ladi. Narxlarning egiluvchanligi mintaqalarga, 
sotilayotgan vaqtiga (kuz, qish, bahor, yoz) yoki mahsulotning segment yoki 
shakllariga bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiyot tili bilan aytganda, bu 
narxlar 
diskriminasiyasi
deb ataladi. 
Narxning bozorga qarab egiluvchanligi. Bu g‘oya foydali bo‘lishi uchun firma 
qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lishi va mahsulotni u uchun yangi 
bo‘lgan segmentda xarajatlarni ko‘paytirmasdan sotish imkoniyati bo‘lishi kerak. 
Firma imkoni boricha eng kichik narxni qo‘ysa ham, qilingan to‘g‘ri xarajatlar ham 
qoplanishi kerak. Bunday qarashni ro‘yobga chiqarish, eksport qilish, sotuvchi 
markasi ostida qo‘yiladigan tovarlar yoki mahsulotni ba’zi turdagi aholiga, ya’ni - 
talabalar, bolalar, qariyalarga sotish bilan bog‘liqdir. Eng muhimi, bu holda past 
narxda sotib oluvchilar mahsulotni yuqori narxda sotib olib asosiy bozorga halaqit 
berishlarini ta’qiqlash kerak. 
Mavsumiy egiluvchan narx. Mavsum boshi va oxiriga qarab qanday narx 
qo‘yilishi kerak, qaysi vaqtda narx qabul qilinadi. Ba’zi sotib oluvchilar mahsulotni 
mavsum boshida sotib olishga tayyor bo‘lib, uning narxiga ahamiyat bermaydilar; 
boshqalar bo‘lsa, qachon bo‘lsa ham sotib olishga tayyor bo‘lib, mahsulotning 
narxiga katta ahamiyat qaratadilar. 
Bu holda firma mavsum boshida katta narx qo‘yib, mavsum oxiriga kelib 
narxni pasaytiradi. Shu sababdan zamonaviy mahsulotlarga mavsumiy narx 
pasaytirish, ertalabki spektakllarga narxni pasaytirish va hokazolar qo‘llaniladi. 
Mavsumiy narx pasaytirishning asosiy qoidasi - ularning sotib oluvchilarning 
raqamlariga bog‘lab, doimiy bo‘lishidir. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin