170
marketing tizimi deb tushunmaslik kerak. Bu masalaga oydinlik kiritish uchun
bevosita savdo tizimi (bevosita marketingning o‘zi) bilan «bevosita aloqalar»
marketingining farqini ajrata olish kerak.
Bevosita savdo tizimida xarid uyda turib amalga oshiriladi va tovar uyga
keltirib beriladi: firma vositachilarsiz bevosita sotuvni amalga oshiradi. Bunday
do‘konsiz savdo pochta orqali
tarqatiladigan kataloglar, bevosita tarqatuv,
telemarketing, elektron vositalar orqali xaridlar va hokazolar yordamida amalga
oshiriladi.
Bevosita munosabatlar marketingi tizimida
bevosita savdo shart emas: bu
erda vazifa doimiy munosabatda bo‘lish uchun mijozlar
bilan bevosita aloqa
o‘rnatishdan iborat.
Bu keyingi tizim oddiy vertikal marketing tizimlariga
osonlik bilan qo‘shila
oladi. SHuning uchun, «interaktiv marketing» atamasi bu ikkala tizimni faqat
do‘konsiz savdonigina anglatuvchi «bevosita marketing» atamasiga qaraganda
yaxshiroq qamrab oladi.
Interaktiv marketingning rivojlanishi bu tizimlarning
ikkalasida ham oddiy
texnologik rivojlanishga qaraganda chuqurroq o‘zgarishlarni aks ettiradi. U
kommunikasiya munosabatlarining yangi turi hamda ishlab chiqaruvchi va
iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlarning ayirboshlash jarayoni bilan bog‘liq
bo‘lib, ommaviy marketingning an’anaviy monologini bozor bilan muloqot bilan
almashtirishga intiladi. Interaktiv marketing oxir-oqibatda shaxsiylashtirilgan
marketingga tomon intiladi. Marketing munosabatlarida
foyda manbai- bu mijoz
bo‘lib, tovar yoki marka emas, balki yangi mijozlarni jalb etishdir. O‘zaro manfaatli
munosabatlarni o‘rnatishda asosiy maqsad - mijozlarni kengaytirish va qo‘llab-
quvvatlashdan iborat.
Professor E.P. Golubkov 5 ta bevosita marketing shaklini ajratib ko‘rsatadi:
1. Pochta bo‘yicha bevosita marketing (direkt meyl, xat, reklama, namuna,
prospekt), pochta orqali potensial mijozlarga jo‘natish.
2. Katalog va marketing.
3. Telemarketing - iste’molchiga tovarni bevosita sotish uchun telefon
171
tarmoqlaridan foydalanish.
4. Televizion marketing - reklamani ko‘rsatish, televizor orqali bevosita
marketing.
5. Elektron savdo - ikki kanal tizimi orqali bevosita marketing, iste’molchini
kabel yoki telefon liniyalari sotuvchini kompyuterlashgan kataloglar bilan bog‘laydi.
Maxsus
pult bilan boshqarish, televizorni yoqib yoki shaxsiy kompyuter bilan
iste’molchi sotuvchi bilan bog‘lanadi.
Bevosita marketing yordamida sotish hajmini oshirish maqsadida
integrasiyalangan
to‘g‘ri
marketingdan
foydalaniladi,
ya’ni
multimedia
texnologiyalar yig‘indisi, unga reklamani o‘tkazish, pochta orqali to‘g‘ri marketing,
telemarketing va mijozlar bilan kommivoyajerlarni shaxsiy aloqa o‘rnatishni kiritish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: