• Основные стратегические варианты


–BOB. KOMMUNIKASIYA BO‘YICHA STRATEGIK QARORLAR



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   169
Strategik marketing (1)

10–BOB. KOMMUNIKASIYA BO‘YICHA STRATEGIK QARORLAR 
 
10.1. Marketingda kommunikasiyaning roli 
Marketing kommunikasiyasi deganda, biz firmadan turli ommaga, shu 
jumladan mijozlar, sotuvchilar, etkazib beruvchilar, aksionerlar, boshqaruv organlari 
hamda firmaning o‘z xodimlariga mo‘ljallangan signallar majmuasini tushunamiz. 
Reklama, shaxsiy savdo, savdoni rag‘batlantirish va jamoat bilan aloqalar 
kommunikasiyaning “kommunikasion majmua” deb ataluvchi asosiy vositalari 
hisoblanadi. 
Reklama - bir tomonlama ommaviy kommunikasiyaning pullik shakli bo‘lib, 
bu kommunikasiya muayyan xomiydan kelib chiqadi va firma faoliyatining bevosita 
yoki bilvosita qo‘llab-quvvatlash uchun xizmat qiladi. 
Shaxsiy savdo - “o‘lchov bo‘yicha” shaxsiy va ikki tomonlama (muloqot) 
kommunikasiya bo‘lib, uning maqsadi mijozni darhol xatti-harakat qilishga undashdir 
va u ayni paytda firma uchun axborot manbai hamdir. 
Savdoni rag‘batlantirish reklamaga va shaxsiy savdoga qo‘shimcha bo‘lgan 
hamda muayyan tovar savdosini tezlashtirish va kengaytirishga qaratilgan barcha 
vaqtinchalik va mahalliy chora tadbirlarni qamrab oladi. 
Jamoat bilan aloqalar tashkilot va jamoalar o‘rtasida maqsadga yo‘naltirilgan 
xatti-harakatlar organizasiya orqali ruhiy 
hamjihatlik va o‘zaro ishonch muhitini 
yaratishga qaratilgandir. Bu erda kommunikasiyalarning maqsadi faqat savdoni 
tashkil qilish emas, balki firma faoliyatini ma’naviy qo‘llab-quvvatlashdir. 
Bu an’anaviy vositalarga qo‘shimcha ravishda yarmarkalar, salonlar, 
ko‘rgazmalar, pochta tarqatish, telemarketing va kataloglar bo‘yicha savdo kabi 
bevosita kommunikasiya vositalarini ham aytib o‘tish joizdir. 
Turli xil kanallar bir-birini to‘ldiradi, shu sababli bu erda muammo savdoni 
rag‘batlantirishga 
murojaat 
qilishning 
zarurligida 
emas, 
balki 
umumiy 
kommunikasiya budjetini tovarning xususiyatlari va qo‘yilgan kommunikasiya 
vazifalaridan kelib chiqqan holda turli kanallar o‘rtasida taqsimlashdan iboratdir. 


183 
Kommunikasiya raqobat kurashida muvaffaqiyat omili bo‘lib hisoblanadi. 
Quyida marketing kommunikasiyasining bosqichlari berilgan. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin