• Основные стратегические варианты


Prognozlash (bashorat qilish) usuli



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169
Strategik marketing (1)

Prognozlash (bashorat qilish) usuli
- o‘rganilayotgan obektning o‘tmishdagi 
va hozirgi ma’lumotlarini tahlil qilishga asoslangan ilmiy asoslangan oldindan ko‘ra 
bilish. Turli xil tarkibiy qismlarni prognozlashga asoslangan qisqa muddatli (1,5) 
yilgacha, o‘rta muddatli (5 yil) va uzoq muddatli (10-15 yil) prognozlar mavjud. 
Taqdim etish shakliga ko‘ra, miqdoriy va sifat prognozlariga, tadqiqot obektlarini 
qamrab olish bo‘yicha umumiy va qisman prognozlashga taqsimlanadi. 


227 
Raqobat -
1) alohida shaxslar o‘rtasida har biri o‘zi uchun shaxsan erishini 
maqsad kilgan bitta yo‘nalishdagi, xususan tadbirkorlar o‘rtasida kattaroq foyda 
olish, savdo bozori, xom ashyo manbalari uchun ko‘rash; 2) moddiy va ma’naviy 
ne’matlar yaratish, sotish va iste’mol kilsh jarayonida bozor tizimi subektlarining 
kommunikasiyasi, kurashi, o‘zaro aloqalari iqtisodiy jarayoni; 3) bozor 
munosabatlarining tartibga soluvchisi, FTT va jamoatchilik ishlab chiqarishining 
samaradorligini kuchaytirish stimulyatori. 
Reklama samaradorligi
- reklama vositalarining ishlab chiqaruvchi yoki 
vositachilari manfaatlari yo‘lida iste’molchilarga ta’sir ko‘rsatish darajasi. Reklama 
murojaatidan oldin va keyin aniqlanadi. Reklamaning savdo natijalariga ko‘rsatuvchi 
ta’sirini aniqlash (iqtisodiy samaradorlik) reklama harajatlarini avvalgi faoliyat 
natijalari bo‘yicha tovar sotish hajmiga nisbati yordamida aniqlanadi. Bu usulning 
aniqligi yuqori emas, chunki savdo natijalariga reklamadan tashkari boshqa ko‘plab 
omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Strategik marketing
- 1) asosiy iste’molchilar guruhlari talab va ehtiyojlarini 
muntazam, sistemali tahlil qilish, shuningdek, kompaniyaga haridorlarning tanlab 
olingan guruhlariga raqobatchilarga qaraganda yaxshirok xizmat ko‘rsatish va shu 
tariqa raqobatchilik ustunligiga ega bo‘lish imkonini beruvchi tovar va xizmatlar 
konsepsiyasini ishlab chiqish; 2) tashkilotlar va jismoniy shaxslar ehtiyojlarini tahlil 
qilish; 3) firmaning maqsadlarini belgilab olish, rivojlanish strategiyasini ishlab 
chiqish va muvozanatlangan tovar portfeli tuzilmasini ta’minlash; 4) strategik 
majmua-miks hamda muntazam o‘zgarib turuvchi marketing muhiti omillarini 
hisobga olgan holda firmaning tovar, narx, kommunikasiya, taqsimlash va sotish 
sohasidagi strategik siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish jarayoni. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin